«Versiya» maydoni Internet protokoli versiyasining 4 bitlik kodi raqami.
Ustuvorlikning 4 bitlik «Ustuvorlik» maydoni IPv6 sarlavhasida jo‘natuvchiga
paketlarni yetkazishning nisbiy ustuvorligini identifikatsiyalash imkonini beradi.
Ustuvorliklarning qiymatlari ikki diapazonga bo‘linadi. 0 dan 7 gacha kodlar trafik
ustuvorligini berish uchun foydalaniladi. U uchun jo‘natuvchi ortiqcha yuklanish
ustidan nazoratni amalga oshiradi (misol uchun, ortiqcha yuklanish signaliga
javoban TSR oqimini pasaytiradi). 8 dan 15 gacha bo‘lgan
qiymatlar trafik
ustuvorligini aniqlash uchun foydalaniladi. U uchun ortiqcha yuklanish signaliga
javoban oqimni pasaytirish amalga oshirilmaydi. Misol uchun, doimiy (turg‘un)
chastota bilan yuboriladigan «real vaqt» paketlari holida.
«Oqim belgisi» — oqim belgisining 24 bitlik kod maydoni IPv6 sarlavhasida
jo‘natuvchi tomonidan paketlarni ajratish uchun foydalanilishi mumkin. Ular
uchun marshrutlashtiruvchida maxsus qayta ishlash talab etilmaydi. Misol uchun,
nostandart QoS yoki «real-time» xizmati kabi. Ma’lumotlar o‘lchami — belgisiz
16 bitlik son. O‘zida ma’lumotlar maydonining oktetlardagi uzunlik kodini
tashiydi va u paket sarlavhasidan so‘ng keladi. Agar kod 0 ga teng bo‘ls a, u holda
ma’lumotlar maydoni uzunligi jumboq ma’lumotlar maydonida yozilgan bo‘ladi va
u o‘z
navbatida, optsiyalar zonasida saqlanadi. Keyingi sarlavha — 2 bitlik
ajratuvchi. IPv6 sarlavhadan keyin bevosita
keluvchi sarlavha turini
identifikatsiyalaydi. IPv4 protokoli ishlatadigan qiymatlardan foydalanadi.
Qadamlarning chegaralangan soni (paketning maksimal yashash vaqti) — 8 bitlik
belgisiz butun son. Paket o‘tuvchi har bir tugunda bittaga kamayadi. Qadamlar
nolga teng bo‘lganda paket yo‘q qilinadi. IPv4 dan farqli o‘laroq, IPv6 tugunlari
paketlarning maksimal yashash vaqtini belgilanishini talab etmaydi. Shu sababli
IPv4 «time to live» (TTL) maydoni IPv6 uchun «hop limit» — qadamlarning
chegaralangan soni deb nomlangan. Amaliyotda unchalik ko‘p bo‘lmagan IPv4
ilovalar TTL bo‘yicha cheklovlardan foydalanadilar. «Jo‘natuvchi adresi» va
«Qabul qilib oluvchining adresi» maydonlariga adres uzunligi IPv4 ga nisbatan
uzun bo‘lganligi uchun 128 bit ajratilgan.