(http:www.ncsuc .uiuc.edu /SDG/ Software/ Mosaic /NCSAVosaicHome.html.
Xamisha ishlar shu brauzerdan boshlangan. Mosaic Webning grafik
manipulyasiya uchun tarbiyaviy loyihasi sifatida ishlab chiqilgan edi.
Amaya
(http://www.w3.org(pub/www/Amaya/).
Bu Web–konsorsiumda muxokama qiladigan,
HTMLning oxirgi va eng
qiziqarli imkoniyatlarini hamisha quvvatlab turadigan eksperimental brauzer. Agar
siz UNIXga ega bo’lsangiz bu yaxshi tanlovdir, lekin foydalanuvchilar Windows3
yoki Macintoshga kira olmaydilar.
3.
IPv4 va IPv6 protokoli
IPv4 protokoli
IPv4 protokoli o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 232 ta adreslarini
taqdim eta olish imkoniga ega bo‘lgan bu protokol bir qancha kamchiliklarga ega.
Eng asosiysi, adreslar soni barcha ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi.
Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari ushbu protokolda ko‘rib chiqilmagan.
IPv4 paketlar formati
IPv4 paketlar formati 1-rasmda ko‘rsatilgan. Sarlavha maydonlarining
funksional vazifasi quyidagilardan tashkil topgan: Versiya maydoni (Version)
mazkur tarmoqlararo protokol versiyasini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda protokolning
4-versiyasi bilan birgalikda (ya’ni 0100 maydonida) protokolning 6 -versiyasidan
(ya’ni 0110 maydonida) foydalanish boshlanadi.
Sarlavha uzunligi maydo ni
(Header Length) tarmoqlararo diagramma sarlavhasining 32 razryadli so‘zlardagi
uzunligini ko‘rsatadi. Eng kam (minimal) uzunlik — beshta so‘z, eng katta
(maksimal) uzunlik — 32-razryadli so‘zlardan o‘n beshtasi. Servis turi maydoni
(Type of Service) xizmat ko‘rsatishning talab etiladigan sifati parametrlarini
ko‘rsatadi. Ustuvorlik esa, har bir deytagrammaga ustuvorlik kodini berish orqali
paketlarni uzatilishida unga ustunliklar beradi. Bitlar: 12 — D (delay) —
kechikish, 13 — T (throughput) — samaradorlik (o‘tkazish qobiliyati), 14 — R
(reliability) — ishonchlilik, S (cost) — narxi.
Paketning to‘liq uzunligi maydoni (Total Length) deytagrammaning sarlavha
va foydali ish yuki bilan birga, oktet(bayt)lardagi umumiy uzunligini belgilaydi.
Paketning to‘liq uzunligi 65535 bayt (216-1 65 535)gacha yetishi mumkin.
Umumiy identifikator maydoni (Identification)
tarmoqlararo deytagrammalar
fragmentlarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Bayroq (Flag) maydoni
deytagrammalarni fragmentatsiyalash imkoniyatini ta’minlaydi hamda
fragmentatsiyadan foydalanishda deytagrammaning so‘nggi fragmentini
identifikatsiyalash imkonini beradi. «Flaglar» maydonining 0 biti zahirada bo‘lib, 1
esa paketlarni fragmentatsiyasini boshqarish uchun xizmat qiladi (0 —
fragmentatsiyalash
ruxsat etiladi; 1 — taqiqlanadi), 2 biti mazkur fragment
so‘nggisi yoki so‘nggisi emasligini aniqlaydi (0- so‘nggi fragment; 1 — davomini
kutmoq lozim).
Fragmentli siljitish maydoni mazkur fragmentning tarmoqlararo
deytagrammadagi o‘rnini ko‘rsatadi. Birinchi fragment nolga teng siljishga ega.
Qandaydir sabablar natijasida ushlab (kechiktirib) qolingan paketlarni tarmoqdan
bartaraf etish uchun sarlavhadagi yashash vaqti maydonida paket tarmoqda mavjud
bo‘lishi lozim bo‘lgan vaqt ko‘rsatiladi. Ushbu vaqt qiymati paketning tarmoq
bo‘ylab qurilmalardan o‘tishi sayin kamayib boradi. U tamom bo‘lganida,
jo‘natuvchi tegishli ICMP-xabar bilan xabardor qilingan holda, paket yo‘q qilinadi.
Bunday chora tarmoqni siklik marshrutlardan va
haddan tashqari ish bilan
yuklashdan himoya qiladi. «Yashash vaqti» soniyalarda — ko‘pi bilan 255 soniya
(taxminan 4,3 daqiqa) etib beriladi [2].
Protokol turi (Protocol) maydoni foydalaniladigan yuqori sath (ICMP — 1,
IGMP — 2, TCP — 6, UDP — 17) protokolini aniqlaydi. Sarlavhaning nazorat
yig‘indisi maydoni (Header Checksum). Paketning adres (adres) qismi buzib
ko‘rsatilish ehtimolini kamaytirish va uning natijasi — uning aynan adresga
yuborilmasligi (va yo‘qolishi)ning oldini olish uchun, sarlavha paketi 2 bayt o‘rin
egallaydigan va butun sarlavha bo‘ylab hisoblanadigan tekshirish ketma-ketligi —
nazorat yig‘indisi bilan yuboriladi. Sarlavhada bo‘lgan
IP-adreslar
(jo‘natuvchining IP-adresi (Source Address) qabul qilib oluvchining IP-adresi
(Destination Address) tarmoq obyektlari — so‘nggi ko‘rsatma va
marshrutlashtiruvchilarning 32-bitlik identifikatorlari bo‘lib xizmat qiladi. IP ning
yordamchi ko‘rsatkichlari maydoni (IP optsiyalari) (Options) — qo‘shimcha
xizmatlar bor yoki yo‘qligini aniqlaydi. O‘zgaruvchan uzunlikka ega va
tarmoqlararo deytagrammada bo‘lishi va bo‘lmasligi mumkin. To‘ldiruvchi
maydon (Padding) sarlavhani 32-razryadli chegaraga moslashtirish (to‘g‘rilash)
uchun qo‘llaniladi. [2]