Дидактиканинг вазифалари қуйидагилардан иборат:
-таълим жараѐнлари ва уларни амалга ошириш
шартларини таърифлаш ва тушунтириш;
- таълим жараѐнини янада мукаммал ташкил этиш,
яъни, таълим тизимлари ва технологияларини ишлаб
чиқиш;
-таълим жараѐни учун хос бўлган умумий қонуниятларни
аниқлаш, омилларини таҳлил қилиш ва таърифлаш.
2)
dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi
bilan olib boriladigan ta‘lim jarayonining asosiy shakli;
3)
bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba
asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib,
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
4)
ta‘lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
5)
o‘quv fani – ta‘lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan hamda
o‘zida muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini
jamlagan manba.
6)
ta‘lim mazmuni – davlat ta‘lim standartlari asosida belgilab berilgan
hamda ma‘lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan
ilmiy bilimlar mohiyati
DIDAKTIKANING ASOSIY KATEGORIYaLARI
quyidagilardan
iborat: dars, bilim olish, ta‘lim, bilim, ko‘nikma, malaka, ta‘lim maqsadi, ta‘lim
mazmuni, ta‘lim jarayoni, ta‘lim jarayonini tashkil etish, ta‘lim turlari, shakllari,
metodlari va vositalari, ta‘lim natijasi.
1) bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma‘lum obrazlar
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma‘lumotlar
majmui;
2) bilim olish – idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba
asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib,
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
3) ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati;
4)
malaka
–
muayyan
harakat
yoki
faoliyatni
bajarishning
avtomatlashtirilgan shakli;
5) ta‘lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va
dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon;
6) ta‘lim metodlari – ta‘lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini
ta‘minlovchi usullar majmui;
7) ta‘lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har
tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga
tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
8) ta‘lim vositalari – ta‘lim samaradorligini ta‘minlovchi obyektiv (darslik,
o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma,
dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va
boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va
faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9) ta‘lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon;
10) ta‘lim mazmuni – davlat ta‘lim standartlari asosida belgilab berilgan
hamda ma‘lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan
ilmiy bilimlar mohiyati;
11) ta‘lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) – ta‘limning aniq
yo‘nalishini belgilab beruvchi еtakchi g‘oya;
12) ta‘lim natijasi (ta‘lim mahsuli) – ta‘lim yakunining mohiyatini qayd
etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga
oshirish darajasi;
|