• 5. Ta’lim vositalari va ularning vazifalari.
  • 11-mavzu. Ta’lim metodlari va vositalari. Reja: Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari




    Download 31.67 Kb.
    Sana27.05.2023
    Hajmi31.67 Kb.
    #65854
    Bog'liq
    11-maruza
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR

    11-MAVZU. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI.
    Reja:
    1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
    2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
    3. Ta’lim metodlarinig mohiyati va mazmuni.
    4. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.
    5. Ta’lim vositalari va ularning vazifalari.
    Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol metod, metodika,
    texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
    1.Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.
    Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning
    ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.
    Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy
    ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham
    o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati
    uyg‘unlashadi.
    Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik
    vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini
    tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi.
    Didaktikada, shuningdek, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi.
    Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar
    munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi.
    Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik
    usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘ qituvchilar
    tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
    Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod
    hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘ qib berish (1-usul), bittasini
    namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan
    mashqning bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini
    tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.
    O‘qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining o‘rniga “uslub” tushunchasini ham
    qo‘llaydilar. Ammo “uslub”
    tushunchasi “metod” atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq
    xususiy (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq
    maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.
    Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan
    hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayoni mazmunidir. Har
    qanday pedagogik texnologiya, jumladan umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan
    texnologiya ham o‘zaro hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga ta’sirlari eng zamonaviy talablarga
    javob bergan holda, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari,
    umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va uslublar, talabalar shaxsi
    faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan hamkorlik qilish, muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatini
    tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va qarashlarni birgalikda hal etish, auditoriyada ijodiy
    hamkorlik, ishchanlik muhitini hosil qilishga doir shakl va metodlar bilan qurollangan bo‘lishi lozim.1

    1Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012. 93-110-betlar.


    Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi:
    Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit
    pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga
    yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o‘qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish
    mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘ qituvchilar, olimlar va
    izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng
    tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida
    qo‘llaydilar.
    Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fanini o‘qitish jarayonini
    loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish darsini
    har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Hozir ko‘p ta’kidlanayotgan texnologik
    model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘ qitish
    texnologiyasi yuzaga keladi.
    Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining ma’lum
    tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib
    toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi,
    o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar.
    Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq
    rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika”
    tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni,
    mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.
    “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli
    jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun
    o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali
    o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday
    tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay,
    maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’ tiborni qaratadi.
    2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Didaktik tadqiqotlar
    ko‘rsatadiki, ta’lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan
    yondashuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga
    to‘xtalamiz.
    Ta’lim metodlari tasnifi:
    An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)
    Og‘zaki Ko‘rgazmali Amaliy Kitob bilan
    ishlash
    Videometod
    Hikoya
    Suhbat
    Tushuntirish
    Ma’ruza
    Munozara
    Illyustratsiya
    Demonstratsiya
    Mashq
    Amaliy
    Laboratoriya
    Didaktik o‘yin
    O‘qish, O‘rganish,
    Reja tuzish,
    Konspekt qilish
    Ko‘rish,
    O‘rganish,
    Nazorat
    qilish
    O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.Ya.Lerner va
    M.N.Skatkin).
    Ta’lim
    metodining
    nomlanishi
    O‘qituvchi faoliyati O‘quvchi faoliyati
    Axboriyretseptiv
    O‘quv axborotini uzatish,
    o‘rganilayotgan ob’ekt bilan o‘
    quvchi harakatini tashkil etish
    Bilimlarni idrok etish, anglash va
    yodda saqlash.
    Reproduktiv Bilimlar hamda aqliy va faoliyat
    usullarini hosil qilishga doir
    topshiriqlarni tuzish va taqdim
    etish
    Namuna asosida bilimlarni hamda
    aqliy va faoliyat usullarini egallash.
    Muammoli bayon
    etish
    Muammoni qo‘yish va uni hal
    etish usullarini ochib berish
    Topshiriqni idrok etish va uni
    qismlarga ajratish.
    Topshiriq qismlarini mustaqil hal
    etish va o‘z- o‘zini nazorat qilish
    Evristik
    (qisman-izlanish)
    Muammoni qo‘yish va uni hal
    etishga doir qadamlar ketmaketligini rejalatirish. O‘quvchilar
    faoliyatini boshqarish
    Qo‘yilgan vazifa bilan bog‘liqlikda
    muammoni hal etish yo‘llarini
    mustaqil izlash va o‘qituvchining
    qisman ko‘magi yordamida
    muammoni hal etish
    T adqiqotchilikka
    doir
    Mustaqil hal etishga doir
    muammoli vazifalarni
    shakllantirish. Muammoni hal
    etilish jarayonini nazorat qilish
    Muammoni mustaqil hal etish.
    Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov):
    • Yangi bilimlarni egallash metodlari;
    • Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
    • Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari.
    Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov)
    O‘rgatish metodlari O‘rganish metodlari
    Axboriy-ma’lumotli Ijro etish (bajarish)
    Tushuntirishli Reproduktiv
    Ko ’ rgazmali-amaliy Ijodiy-amaliy
    Tushuntirishli-undovchi Qisman izlanishli
    Undovchi Izlanishli
    Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (Yu.K.Babanskiy):
    • Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
    • O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
    • O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.
    • O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.
    Interfaol metodlar va grafik organayzerlar
    O‘rganilayotganlarini
    o‘zlashtirishga da’vat qilish
    metodlari
    Yangi materialni anglash
    metodlari
    O‘rganilganlarini fikrlashga
    imkon beruvchi metodlar
    Erkin yozish,
    Klaster,
    Aqliy hujum,
    B-B-B chizmasi,
    Chalkashtirilgan mantiqiy
    zanjirlar ketma-ketligi,
    Semantik xususiyatlar tahlili.
    Semantik xususiyatlar tahlili.
    B-B-B chizmasi. O‘qitish
    bo‘yicha qo‘llanma.
    Bir-biriga o‘rgatish. Birbiridan so‘rash. Ikki
    qismli kundaliklar.
    Eng asosiy tushunchalar,
    Takrorlash.
    T-chizma.
    Kontseptual jadval.
    Venn diagrammasi.
    Nilufar guli.
    Besh minutlik esse.
    O‘n minutlik esse.
    3.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
    Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga
    bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
    Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon
    qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga
    bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga
    xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
    Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir
    darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga
    e’tiborni qaratadi.
    Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto
    undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar
    (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo
    asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada
    yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
    Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi,
    binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil
    etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi,
    o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat
    bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv
    yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar,
    tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga
    keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga
    kelinadi.
    Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va
    mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni
    beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil
    etiladi.
    Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon
    qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar
    hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir
    qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish
    samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
    Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos
    xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi,
    bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar,
    jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza
    maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi
    mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va
    bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
    Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
    Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida
    o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari - chizma, port,
    rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
    Namoyish (demonstratsiya) metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l
    keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot
    berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli,
    hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi
    yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan
    obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
    Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo‘naltirilgan
    jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil
    qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab er maydoni, issiqxona, geografik
    maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi
    tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga
    havola etadi.
    Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p
    marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas.
    Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy
    va boshqa turlarga bo‘linadi.
    Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan
    foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda
    qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga
    oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi.
    Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni
    sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori
    darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan
    takomillashtirilib boriladi.
    Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining
    bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin
    ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
    4. Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va
    umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quvtarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar
    va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi
    holatlar inobatga olinishi lozim:
    • Ta’limning umumiy maqsadlari.
    • Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
    • Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.
    • Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
    • O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
    • O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
    • O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
    • Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
    • O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik
    darajasi.
    5.Ta’lim vositalari va ularning vazifalari. Ta’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’ lim vositalari
    bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va
    o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning
    barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.
    Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik
    vositalar tushuniladi.
    Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki
    ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar
    metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o‘qitish»
    savoliga javob beradi.
    An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘ quvustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish
    vositalari kiradi.
    Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarni bajaradi.
    Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish
    vazifalarini bajaradi.
    Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish,
    optimallashtirish funktsiyalarini bajaradi.
    Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha
    ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini qo‘llashning yana bir
    jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir.
    Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan bog‘liq. Agar ta’limning faol
    metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foyda-lanilsa, u holda o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ta’limning
    texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda
    foydalaniladi.
    Ta’limning faollikni nisbatan kam talab etadigan metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya,
    ma’ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning
    ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomonidan tuzilgan bo‘lishi mumkin.
    Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e’tibor berish kerak. Masalan,
    ko‘rgazmali vositalarning soni etarli bo‘lmasligi bilimlarning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni
    pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilarning
    o‘rganilayotgan fanga engil-elpi qarashiga olib keladi. Murakkab mavzularni o‘rganishda 4-5
    demonstratsiya optimal hisoblanadi.
    Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni
    ularning birgalikda qo‘llanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi.
    O‘qituvchining vazifasi - dars jarayonini faollishtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab
    olishdir.
    Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:
    - faoliyat sub’yektiga ko‘ra;
    - faoliyat ob’yektiga ko‘ra;
    - o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra;
    - o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.
    Faoliyat sub’yekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi.
    O‘rgatish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar o‘qituvchi toionidan
    mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
    O‘rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar o‘quvchilar
    tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi.
    Didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchi uchun xosligiga qarab, ikkiga bo‘linadi. Birinchisiga ko‘ra,
    narsalar o‘qituvchi tomonidan ta’limning maqsadlarini samarali realizatsiyalash uchun qo‘llanilsa,
    ikkinchisi - bu o‘quvchilarning individual vositalari, darsliklar, daftarlar. Bundan tashqari didaktik
    vositalar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyat turiga ko‘ra sport qurollari, botanika va geografiya
    maydonchasi, kompyuterlarga ham bo‘ linadi.
    Faoliyat ob’yektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi:
    Material ta’lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o‘quvtexnik vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari, ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin.
    Ideal ta’lim vositalari - bular pedagog va o‘quvchilar yangi bilimlarni egallashda qo‘llaydigan
    vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar
    - bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur.
    Masalan, materializatsiya - abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar,
    chizmalar), verbalizatsiya - nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil
    keltirish).
    Material va ideal vosita bir-birini to‘ldiradi. Material vosita qiziqish va diqqatni uyg‘otish, amaliy
    harakatlarni amalga oishirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ideal vositalar - mantiqiy muhokama. Materialni
    tushunti-rish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog‘ liq.
    O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari,
    takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o‘quv
    jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi.
    O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari
    vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish
    jarayonidir. Ta’lim - kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati
    sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya - bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi
    atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab
    qolish).
    Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday
    bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) - haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli
    ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) - radio, magnitofon, musiqa asboblari;
    audioizual(ko‘rish-eshitish) - ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron
    darsliklar.
    Ta’limning texnik vositalari. TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi
    asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar;
    magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
    Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion);
    trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
    Ta’ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
    • ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
    • o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
    • o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
    • o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
    • dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;
    • o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
    • bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
    Tushunchalar tahlili metodi
    Tushunchalar Tushunchalar mazmuni
    Hikoya o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki
    qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham,
    qisqa va izchil bayon qilinishi.
    Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida
    o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi
    o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
    Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon
    qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda,
    nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi.
    Ta’limning texnik
    vositalari
    TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va
    moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar;
    kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
    Ta’lim metodlari o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish
    bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish
    faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi.
    Ta’lim usullsri ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar
    munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida birbiriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir
    qismi hal qilinadi.
    NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1.Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari qaysilar?
    2.Ta’lim vositalari va ularning vazifalari nimalardan iborat?
    3.Ta’lim metodlari tasnifini izohlang.
    4.Ta’lim vositalari deganda nima tushuniladi?
    Download 31.67 Kb.




    Download 31.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-mavzu. Ta’lim metodlari va vositalari. Reja: Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari

    Download 31.67 Kb.