• M.I.M.K.B.O’
  • “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    29 
    2) chuchuk suv ekosistemalari. 
    3) dengiz ekosistemalari. 
    Quruqlik ekosistemalarining Yer 
    yuzida joylashuvini qaysi asosiy 
    abiotik omillar belgilaydi? 
    Harorat va yog‘in miqdori belgilaydi. 
    Quruqlik ekosistemalarida cheklovchi 
    omil nima? 
    Namlik cheklovchi omil 
    Harorat ekosistemadagi turlar xilma-
    xilligini belgilashiga qaramasdan 
    nima uchun u cheklovchi omil emas? 
    Chunki harorat davriy ravishda o‘zgarib turadi 
    Biomlar deb nimaga aytiladi? 
    Bir xil iqlim mintaqalarida joylashgan ekosistemalar yig‘indisi biomlar 
    deb nomlanadi. Biomlar faqat quruqlikda mavjud. 
    Biomlarning qanday turlari 
    farqlanadi? 
    1) Arktika tundrasi va alp tundrasi 
    2) Shimoliy ignabargli o‘rmonlar 
    3) Mo‘tadil iqlim o‘rmonlari 
    3) Dashtlar 
    4) Sahrolar 
    5) Tropik o‘rmonlar 
    Tundra qayerda joylashgan? 
    Shimoliy yarimsharda taygadan shimolroqda joylashgan. Bu biomlarda 
    botqoqliklar va ko‘llar uchraydi. 
    Tundrada iqlim qanday bo’ladi? 
    Tundra (iqlim) juda ham sovuq, o‘rtacha yillik harorat 0°C dan ham 
    pastroq. Bir necha haftalik qisqa yoz davomida yerning muzdan erishi 
    bir metrdan oshmaydi. 
    Tundrada qanday o’simlik yoki 
    organizmlar tarqalgan? 
    Tundrada daraxtlar uchramaydi, sekin o‘suvchi lishayniklar, yo‘sinlar 
    (sporali o‘simliklar), past bo‘yli butalar hukmronlik qiladi 
    Tundrada qanday sutemizuvchilar 
    uchraydi? 
    Yirik tuyoqli hayvonlardan – shimol bug‘usi (Yevrosiyo), kichik 
    sutemizuvchilardan yirtqichlar (shimol tulkisi) uchraydi. 
    Tundrada qanday qushlar uchraydi? 
    Qutb boyqushi uchraydi 
    Ignabargli o‘rmon (tayga) qayerlarni 
    o’z ichiga oladi? 
    U Yevrosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy Amerikani o‘z ichiga 
    oladi. 
    Ignabargli o‘rmon (tayga) iqlim 
    qanday bo’ladi? 
    Qishi uzoq va sovuq, yog‘ingarchilik miqdori ko‘p va asosan qor 
    ko‘rinishida bo‘ladi. 
    Ignabargli o‘rmon (tayga) qanday 
    o’simliklar tarqalgan? 
    Doimiy yashil ignabargli daraxtlar: pixta, kedr, qarag‘ay hukumronlik 
    qiladi. 
    Ignabargli o‘rmon (tayga) qanday 
    sutemizuvchilar uchraydi? 
    Yirik tuyoqli sutemizuvchi hayvonlar: los, kabarga 
    Mayda o‘simlikxo‘r sutemizuvchilar: qunduz, olmaxon 
    Yirtqich sutemizuvchilar: ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri, norkadan iborat. 
    Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng 
    bargli o‘rmonlarida (M.I.M.K.B.O’
    iqlim qanday bo’ladi? 
    Iqlim yil davomida o‘zgarib turadi, qishki harorat 0°C dan past. 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish