• “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi
  • «bo‘yin bezlari»
  • Tasmasimon buyraklardan iborat.
  • Maxsus ayirish a’zosi bo‘lmaydi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    Maxsus ayirish a’zosi bo‘lmaydi. Moddalar almashinuvining 
    mahsulotlari entoderma qavati hujayralarining qisqaruvchi vakuolalari 
    yordamida tana bo‘shlig‘iga, u yerdan tashqi muhitga chiqariladi. 
    Yassi chuvalchanglarning ayirish 
    sistemasi nimadan iborat? 
    Protonefridiylar (oddiy buyrak) dan iborat. 
    Protonefridiylar qayerdan boshlanadi? 
    Parenximada joylashgan uchi berk bir qavatli epiteliy to‘qimalardan 
    iborat tarmoqlangan naychalardan boshlanadi. Naychalar yirik 


    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    59 
    naychaga kelib tutashadi. 
    To‘garak chuvalchanglarning ayirish 
    sistemasi nimadan iborat? 
    Tana bo‘ylab joylashgan ikkita uzun naydan iborat. Uzun naylar bosh 
    tomonda o‘zaro tutashib «bo‘yin bezlari» ni hosil qiladi va ular ayirish 
    teshigi orqali tashqariga ochiladi. 
    Halqali chuvalchanglarning ayirish 
    sistemasi qanday tuzilgan? 
    Har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan metanefridiylar joylashgan. 
    Naychaning tana bo‘shlig‘ida turgan qismi voronkasimon kengaygan, 
    kiprikli bo‘ladi. Kipriklarning harakati tufayli keraksiz mahsulotlar 
    voronkaga yig‘iladi va naychadan tashqariga chiqarib yuboriladi. 
    Molluskalarda ayirish sistemasi 
    ayirish sistemasi qanday tuzilgan? 
    Tasmasimon buyraklardan iborat. Buyraklarning tuzilishi halqali 
    chuvalchanglarning metanefridiylariga o‘xshash bo‘ladi 
    Metanefridiylar (buyrak) qayerga 
    tutashgan? 
    Kipriklar bilan qoplangan voronkasimon uchi yurak oldi bo‘lmasiga, 
    ikkinchi uchi esa mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. 
    Qisqichbaqasimonlarda ayirish 
    sistemasi qanday tuzilgan? 
    Bir juft yashil bez va ularning naychalaridan iborat. 
    Qisqichbaqasimonlarda bezlarning 
    pufaksimon kengaygan uchi qayerda 
    joylashgan? 
    Tana bo‘shlig‘ida joylashadi. 
    Qisqichbaqasimonlarda naychalar 
    qaysi qismda tashqariga ochiladi? 
    Kalta mo‘ylovlar asosida tashqariga ochiladi. 
    O‘rgimchaksimonlar ayirish sistemasi 
    qanday tuzilgan? 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish