• Poykiloterm organizmlar
  • Produtsentlar
  • Simbioz
  • “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 63 Stenobiontlar
  • Sukkulentlar
  • 11-sinf Biologiya




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    Oziq zanjiri – bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchisi (iste’molchi)ga moddalar va energiya o‘tadigan organizmlarning chiziqli 
    ketma-ketligi.
    Plankton (yunoncha – «planktos» – sayyor, ko‘chib yuruvchi) – suv qa’rida yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan 
    va suv oqimi bilan ko‘chib yuruvchi organizmlar.
    Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, «therme» – issiq- lik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga 
    bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi organizmlardir.
    Tolerantlik (lotincha – «tolerantia» – sabr-toqat) zonasi – ekologik omil ko‘rsatkichlarining tirik organizmlar yashashi mumkin 
    bo‘lgan chidamlilik chegaralari doirasi.
    Produtsentlar (lotincha – «producens» – yaratuvchi) – anorganik moddalardan organik birikmalarni hosil qiluvchi, ya’ni 
    avtotrof organizmlar.
    Redutsentlar (lotincha – «reduco» – qaytaraman, tiklayman) – destruktorlar (lotincha «destruo» – parchalayman) – geterotrof 
    organizmlar qoldiq organik birik- malarni anorganik moddalargacha parchalaydi 
    Simbioz (yunoncha – «sym» – birga, «bios» – hayot) birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi 
    ushbu munosabatdan o‘ziga foyda oladi.
    Sklerofitlar (yunoncha – «scleros» – qattiq) – tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda o‘sadigan, tuproqdagi namni 
    zo‘r berib shimadigan o‘simliklar.


    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    63 
    Stenobiontlar (yunoncha – «stenos» – tor, cheklangan, «biontos» – yashovchi) nisbatan doimiy muhit sharoitida yashashga 
    moslashgan, harorat, namlik, atmosfera bosimi kabi omillarning tor ko‘lamda o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan 
    o‘simlik va hayvonlar.
    Sukkulentlar (lotincha – «succulentus» – sersuv) – o‘z to‘qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlaydigan o‘simliklar.
    Suksessiya (lotincha – «successio» – o‘rin almashish) – ma’lum hududdagi ekosistemalarni izchillik bilan inson va tabiat 
    omillari ta’sirida boshqa ekosistemalarga aylanishi.
    Taksis (yunoncha – «taxis» – joylashuv) – bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar, bir hujayrali suvo‘tlari va yuksak 
    o‘simliklarning jinsiy hujayralarining tashqi omillar (yorug‘lik, kimyoviy moddalar, kislorod) ta’sirida harakati.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish