• Cheklovchi omil
  • Mikrobiotsenoz
  • Mutualizm
  • Nekton
  • Tabiat yodgorliklari
  • Moddalar davriy aylanishi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    Moddalar davriy aylanishi – Yer sayyorasi miqyosida quyosh energiyasi hisobiga sodir bo‘ladigan biologik muhim 
    moddalarning bir bo‘g‘indan ikkinchisiga o‘tishi.
    Kserofitlar (yunoncha – «xerox» – quruq, «phyton» – o‘simlik) – namlik kam bo‘lgan muhitda o‘sishga moslashgan 
    o‘simliklar.
    Cheklovchi omil – organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omil.
    Mezofitlar (yunoncha – «mesos» – o‘rtacha) – mo‘tadil nam sharoitda o‘sadigan o‘simliklar.
    Mikosenoz (yunoncha – «mykos» – qo‘ziqorin, «koinos» – umumiy) – turli zamburug‘lar turlaridan iborat jamoa.
    Mikrobiotsenoz – (yunoncha – «micros» – kichik, «koinos» – umumiy) organik moddalarni mineral moddalargacha 
    parchalaydigan mikroorganizmlar jamoasi.
    Monokultura – (lotincha – «mono» – bir, yagona, «cultura» – ekin) – sun’iy ekosistemalarda ko‘p yillar davomida bir xil 
    o‘simliklar o‘stirilishi.
    Mutualizm (lotincha – «mutus» – o‘zaro) – har ikki populatsiya uchun o‘zaro manfaatli va majburiy munosabat turi.
    Milliy (tabiiy) bog‘lar – ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga ega tabiiy majmualar joylashgan qo‘riqlanadigan 
    hududlar va suv sathining cheklangan qismi.
    Nekton (yunoncha – «nektos» – suzuvchi) – suvda faol harakatlanadigan, suv oqimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, katta 
    masofalarni suzib o‘ta oladigan organizmlar. Noosfera kishilik jamiyatining ongi, tafakkuri, ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlanishi,
    fan-texnika rivoji, madaniyati bilan bog‘liq holda biosferaning yangi qiyofaga ega inson jamoasini o‘z ichiga olgan Yer 
    qobig‘i.
    Tabiat yodgorliklari – ilmiy, madaniy – o‘quv yoki estetik jihatdan ahamiyatga ega, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan 
    tabiiy obyektlar.
    Parazitizm (parazit – xo‘jayin) – har xil turga mansub individlarning antogonistik munosabatlari, bir turga mansub 
    organizm (parazit) boshqa turga mansub organizmdan (xo‘jayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish