• Biologik evolutsiya
  • Biologik regress
  • Biotik omillar
  • Detrit
  • Divergensiya
  • Bentos (yunoncha – «benthos» – chuqurlik) suv havzalarining tubida yoki suv tubining qatlamlarida hayot kechiradigan  organizm. Biogeotsenoz




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    Bentos (yunoncha – «benthos» – chuqurlik) suv havzalarining tubida yoki suv tubining qatlamlarida hayot kechiradigan 
    organizm.
    Biogeotsenoz (yunoncha – «bios» hayot, «geo» – yer, «kaynos» – umumiy) tarixiy davrda tarkib topgan o‘z-o‘zini 
    boshqaruvchi tabiiy uyushma, biotsenoz va anorganik tabiat komponentlari bilan chambarchas bog‘langan mustahkam 
    ekologik sistema.
    Biologik evolutsiya – tirik organizmlar va ular jamoalarining yo‘naltirilgan tarixiy rivojlanish jarayoni.
    Biologik progress (lotincha – «progressus» – oldinga harakat) – organizmlarning ma’lum sistematik guruhlarining tashqi 
    muhit sharoitlariga moslanishi bilan bog‘liq yuksalishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi.
    Biologik regress (lotincha – «regressus» – qaytish, tubanlashish) – organizmlar yashash sharoitiga moslanishlarining 
    susayishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi.
    Ekosistemaning biomassasi – mazkur ekosistema tarkibiga kiruvchi barcha tirik organizmlar tarkibidagi organik moddalar 
    yig‘indisi 
    Biosfera (yunoncha – «bios» – hayot, «sphaira» – shar) – yerning tirik organizmlar istiqomat qiladigan va ular tomonidan 
    yaratilgan qobig‘i.
    Biotik omillar (yunoncha – «biotikos» – tirik, hayotiy). Tirik tabiat (tirik organizmlar)ning biror tirik organizmga ta’sir 
    ko‘rsatadigan tarkibiy qismi.
    Biotop (yunoncha – «bios» – hayot, «topos» – joy) – bir xil tashqi muhit omillariga ega bo‘lgan hudud.
    Detrit (yunoncha – «eskirgan») – organizm hayot faoliyati yoki uning halok bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladigan organik 
    qoldiq.
    Detrit tipidagi oziq zanjiri – detritdan boshlanadigan va detritofag, redutsentlar hamda mineral moddalar bilan 
    tugallanadigan oziq zanjiri.
    Divergensiya (yunoncha – rad etish, ajralish) – turli xil ekologik muhitda yashovchi, kelib chiqishi yaqin bo‘lgan 
    organizmlar va ularning guruhlarida belgilarning ajralishi.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bentos (yunoncha – «benthos» – chuqurlik) suv havzalarining tubida yoki suv tubining qatlamlarida hayot kechiradigan  organizm. Biogeotsenoz

    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish