|
12--mavzu: 6- sinfda musiqa o’qitish metodikasi va mazmuni 2-soat reja: Oltinchi sinf o‘quvchilarining psixologik – fiziologik xususiyatlari
|
bet | 2/3 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 60,04 Kb. | | #112436 |
Bog'liq 12- umumtalimBularning hammasi o‘qituvchidan yuqori malaka va tarbiyachilikni talab etadi. Bunday holatda o‘qituvchi o‘quvchilarni quyi sinflarda olgan bilim va malakalariga va hayotiy dalillarga suyanib ish tutishi yaxshi natija beradi. Buning uchun dars mazmunini hayot bilan bog‘lab olib borish zarur. Qo‘shiq o‘rgatish va musiqa tinglash jarayonida asarlardan parchalar kuylab ovozlarni sozlashi bolalarda qiziqish uyg‘otadi. Bunda ijro uslublarini batafsil tushuntirish lozim. Asarlarni tahlil etishda bolalarni aktiv qatnashtirish maqsadga muvofiqdir. Har bir xalqning o‘z milliy musiqa san'ati mavjudligi, musiqa har bir tarixiy davrning badiiy aksi ekanligi haqida bolalarda aniq tushuncha hosil qilish lozim. Shu asosda o‘zbek musiqasining qisqa tarixi cholg‘u asboblari va o‘zbek xalq musiqa janrlari, maqomlari, mumtoz qo‘shiqlari, zamonaviy qo‘shiqlarini taqqoslab ko‘rsatish mumkin. Masalan: “Shashmaqom”, tojik va o‘zbek xalqlarining azaliy birodarlik ramzi ekanligi, ularning ko‘p cholg‘u asboblari bir hilda ekanligi va boshqa xalqlar foydalanishi mumkinligi haqida, xalq musiqasi asosida yaratilgan kompozitorlik asarlar va zamonaviy musiqa bilan tanishtirish, taqqoslash lozim. Bunda ijro uslublarini batafsil tushuntirish lozim. Asarlarni tahlil etishda bolalarni aktiv qatnashtirish maqsadga muvofiqdir. Har bir xalqning o‘z milliy musiqa san'ati mavjudligi, musiqa har bir tarixiy davrning badiiy aksi ekanligi haqida bolalarda aniq tushuncha hosil qilish lozim. Shu asosda o‘zbek musiqasining qisqa tarixi cholg‘u asboblari va o‘zbek xalq musiqa janrlari, maqomlari, mumtoz qo‘shiqlari, zamonaviy qo‘shiqlarini taqqoslab ko‘rsatish mumkin. Masalan: “Shashmaqom”, tojik va o‘zbek xalqlarining azaliy birodarlik ramzi ekanligi, ularning ko‘p cholg‘u asboblari bir hilda ekanligi va boshqa xalqlar foydalanishi mumkinligi haqida, xalq musiqasi asosida yaratilgan kompozitorlik asarlar va zamonaviy musiqa bilan tanishtirish, taqqoslash lozim. Musiqa savodidan o‘lchovlar, ladlar, ton va yarim ton, alteratsiya belgilari, dinamik belgilari, intervallar, reprizalar bilan tanishtirib musiqiy asarlarni tahlil qilish yaxshi natija beradi. Oltinchi sinfda o‘quvchilarni ovoz diapazoni birinchi ovozlar uchun (do1 – fa2) ikkinchi ovozlar uchun (sikich – re2), bu davrda o‘quvchilarga qo‘shiqlarni ikki ovozli qilib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir chunki bu paytda, mutatsiya davri boshlanadi. Mutatsiya davridan oldin o‘g‘il va qiz bolalar ovozi o‘rtasidagi farq uncha sezilmaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
12--mavzu: 6- sinfda musiqa o’qitish metodikasi va mazmuni 2-soat reja: Oltinchi sinf o‘quvchilarining psixologik – fiziologik xususiyatlari
|