• Pahlavon Niyoz Muhammad
  • Abdurauf Fitrat (1886-1938)
  • Mavzu: O‘zbek maqomlari nota yozuvi tarixi




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana30.01.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #148470
      1   2   3   4
    Bog'liq
    5 O\'zbek maqomlari nota yozuvlari tarixi (2)



    MAVZU: O‘ZBEK MAQOMLARI NOTA YOZUVI TARIXI 
    O„zbek musiqa merosida maqomning uchta asosiy turi mavjudligi: 
    1. Shashmaqom (yoki Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi); 
    2. Xorazm maqomlari;
    3. Farg„ona-Toshkent maqomlari (yoki maqom yo„llari).
    Maqomlarni hujjatlashtirish, notaga yozib olish masalasi. Ushbu sohada 
    amalga oshirilgan ishlar. “Xorazm tanbur chizig„i”, uning tarixiy va amaliy 
    ahamiyati. XX asr mobaynida nashr ettirilgan nota to„plamlari.
    Pahlavon Niyoz Muhammad taxallusi Komil Xorazmiy 
    (1825–1897) 
    XIX asrda yashab ijod etgan shoir va musiqashunos olim 
    Pahlavon Niyoz Muhammad (taxallusi Komil Xorazmiy, 
    1825–1897) o„zi kashf etgan “Tanbur chizig„i” nomli o„ziga 
    xos “nota yozuvi” vositasida Xorazm maqomlarini yozib 
    olish tajribasini boshlab bergan edi. Bu ishni uning o„g„li – 
    Muhammad Rasul Mirzaboshi davom ettirgan. O„ng 
    tomondan chapga qarab o„qilgan mazkur “nota yozuvi”da 
    tanbur pardalariga oid 18 ta muvoziy chiziqlar bo„lgan va 
    bunda sadolanishi (bosilishi) lozim bo„lgan pardalar nuqtalar 
    vositasida belgilangan. 
    Abdurauf Fitrat (1886-1938) 
    Abdurauf Fitrat birinchi o„zbek professori. 1922-1923 yillar 
    Buxoro Xalq Sho‘rolar Jumxuriyati (BXSHJ) maorif noziri 
    lavozimida ishlagan kezlari bu faoliyati yanada kengaytirildi. 
    Fitrat musiqiy ta'limni va bu sohadagi tadqiqotlarni yo'lga 
    qo'yishni ko'zlab, Buxoro shahrining Ravg„angaron guzarida 
    BXShJ hukumati tomonidan o'ziga in‟om etilgan hovli (hozir 
    xususiylashtirilgan 8-uy)da ixtisoslashgan musiqa maktabi 
    tashkil etdi. Bu maktab “Sharq musiqa maktabi” deb atalib, 
    Yevropacha usuldagi musiqa maktabidan farq qilar, unda 
    ta‟lim jarayoni Sharqona ustozu-shogird saboqlari asosida 
    qurilgan edi. Unga BXShJ hukumatining 1921-yil 10-avgustdagi farmoyishi bilan 
    Abdurauf Fitrat direktor, Domla Halim Ibodov ilmiy mudir etib tayinlangan edi. 
    Abdurauf Fitratning 1927-yil nashr etilib, 1993-yil qayta nashr etilgan “Oʻzbek 
    klassik musiqasi va uning tarixi” kitobida oʻzbek klassik musiqasi tarixini 
    yoritishda qator masalalarga toʻxtalib oʻtilgan. Xulosa qismida esa musiqiy ishlarni 


    jonlantirish sohasidagi tashabbuskorligi ahamiyatga molik. Istiqbol rejalarida 
    keltirib oʻtilgan-ki, maktabni ilk bitiruvchilari Rossiyadagi musiqa texnikumlari, 
    musiqa institutlariga yuborish orqali musiqamizning kelajakdagi oʻrni, nufuzi shu 
    talabalarning xizmatlari bilan koʻrinadi deya taʼkidlab oʻtgan.

    Download 0,68 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O‘zbek maqomlari nota yozuvi tarixi

    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish