Ota G‘iyos Abdug‘ani (1859–1927)




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.01.2024
Hajmi0,68 Mb.
#148470
1   2   3   4
Bog'liq
5 O\'zbek maqomlari nota yozuvlari tarixi (2)

Ota G‘iyos Abdug‘ani (1859–1927) 
Ota G„iyos Abdug„ani – Buxoro ijrochilik 
maktabining 
yorqin 
namoyandasi, 
mashhur 
tanburchi va musiqashunos. Faoliyati davomida 
“Shashmaqom”ning mushkilot bo„limiga tegishli 
aksariyat kuylar ijrochiligini mukammal egallagan. 
Ota G„iyos uzoq yillar davomida saroy sozandasi 
sifatida faoliyat olib borgan. XX asrning 20-
yillarida Buxoroda ochilgan “Sharq musiqa 
maktabi”da sozandalikdan ustozlik qiladi. Asosan 
“Shashmaqom” cholg„u yo„llaridan saboq bergan, 
tanbur chalishni o„rgatgan. Ota G„iyos ham 1923-
yilda 
V.A.Uspenskiy 
rahbarlik 
qilgan 
“Shashmaqom”ning notaga yozib olinishida qatnashadi. U shu davrning taniqli 
hofizi Ota Jalol, maqom bilimdonlari Mirzanazrulloh Tanburiylar bilan birgalikda 
faoliyat olib boradi. Natijada notaga olingan Buxoro “Shashmaqom”i to„plam 
bo„lib, 1924-yili nashr etiladi. Ota G„iyos o„z davrida tanbur ijrochiligida o„ziga 
xos maktabga asos soladi. 
 
 
 


Yunus Rajabiy (1897–1976) 
XX asr o„zbek san‟atiga ulkan hissa 
qo„shgan san‟atkorlar sulolasining sarboni 
Yunus 
Rajabiy 
1897-yilda 
Toshkent 
shahrining Chaqar mahallasida tavallud 
topgan. Musiqa sabog„ining ilk qadamlarida 
u dutor va nay cholg„ularida mashq qila 
boshlaydi. Yunus Rajabiy 1927-yildan 1942-
yilgacha va 1945–1953-yillar mobaynida 
O„zbekiston radiokomiteti qoshidagi o„zbek 
xalq cholg„ulari va ansambl rahbari, 
keyinchalik esa xalq cholg„ulari orkestri 
tashkilotchisi va badiiy rahbari lavozimlarida 
faoliyat olib boradi. 1955-yildan 1959-
yillargacha 
davomida 
Yunus 
Rajabiy 
o„zining folklorshunoslik ilmida olib borgan ishlarini tarixga muhrlashga erishadi. 
Ya‟ni 1500 dan ortiq xalq kuy va ashulalari, yalla va laparlari, terma va 
dostonlaridan namunalarni hamda “Shashmaqom”ning nota namunalarini besh 
jilddan iborat “O„zbek xalq musiqasi” kitoblarida nashr etadi. Xususan, musiqiy 
merosimizning aksariyat namunalari “O„zbek xalq musiqasi” kitobining 1–4-
jildlarida o„z ifodasini topgan. Bu jildlarning har biri uch ulkan bo„limlarda bayon 
etilgan bo„lib, birinchi bo„lim Farg„ona-Toshkent maqom yo„llari, maqom 
yo„llarida yaratilgan yirik cholg„u va ashula asarlarini qamrab olgan. Ikkinchi 
bo„limda voqelikka asoslangan, qadriyatlar, an‟analar, xalq marosim kuy-
qo„shiqlari va uchinchisida zamon bastakorlarining shu davrda yaratgan asarlari 
o„rin olgan. “O„zbek xalq musiqasi” kitobining 5-jildi o„zbek xalqining durdonasi 
bo„lgan “Shashmaqom”ga bag„ishlangan.
Unda “Shashmaqom”ning cholg„u va ashula bo„limlaridagi musiqiy 
namunalar, turkumlar to„la ifodasini topgan bo„lib, nota namunalarida zikr etilgan. 
Yunus Rajabiy 1957-yildan yana O„zbekiston teleradiosida ish faoliyatini davom 
ettiradi. Avvaliga xalq cholg„ulari orkestrida badiiy rahbar, 1958-yildan 
maqomchilar ansambli qaytadan tiklanadi va 1976-yilgacha, ya‟ni umrining 
oxirigacha ushbu ansamblga rahbarlik qiladi. U o„zbek mumtoz musiqa san‟ati 
namoyandalariga rahnamolik qilib samarali faoliyat olib boradi. Ana shu yillar 
Yunus Rajabiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul davriga to„g„ri keladi. 
Yunus Rajabiy “Shashmaqom” nota yozuvining yangi varianti olti alohida 
kitob bo„lib nashr etiladi: I jild – “Buzruk”, II – “Rost», III – “Navo”, IV – 
“Dugoh”, V – “Segoh”, VI – “Iroq”. Yunus Rajabiy “Shashmaqom” ustida olib 


borgan ko„p yillik mehnati, ishlari va magnit tasmalariga yozib olish davomida 
rivojlanib borgan maqomlardagi ayrim o„zgarishlar va bu haqdagi fikrlarni 
«Musiqa merosimizga bir nazar» kitobida bayon etadi. Kitob 1978-yili nashr 
etilgan. Alloma “Shashmaqom” bu xalq mulki, hayoti ekanligini va u doimo jonli 
jarayonda bo„lishini ta‟kidlab o„tadi. Maqomlarni notaga olishdagi ilk davrlarda 
yo„l qo„yilgan kamchiliklarning ayrimlarini tuzatib ko„rsatib beradi. 
1. 

Download 0,68 Mb.
1   2   3   4




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish