sozanda va xonandalariga maqom san‟atini o„rgatadi. 1923-yilda V.A. Uspenskiy
tomonidan Buxoro “Shashmaqom”i notaga olinishida ham keksa ustoz eng asosiy
tayanch vazifasini bajargan. V.A.Uspenskiy “Shashmaqom” mushkilot va
nasrlarini notaga ko„chirishda Ota G„iyos Abdug„ani,
Abdurahmon Tanburiy
(Umarov), Domla Halim Ibodov, Ma‟rufjon Toshpo„latov kabi qator atoqli
sozandalar ijrolariga asoslangan. Buxoro “Shashmaqom” 1924-yilda
Abdurauf
Fitrat tashabbusi ostida, Ota Jalol hamda Ota G„iyos va V.A.Uspenskiylar bilan
birga notaga ko„chirilgan va “Olti musiqali poemalar” (Шесть музыкальных
поэм) nomi bilan Moskvada nashr qilingan. Ota Jalol 1928-yili
Samarqand
shahrida ochilgan Musiqa va xoreografiya ilmiy-tadqiqot institutida ustozlik
faoliyatini olib boradi. Bu dargohda u Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov,
Shodi Azizov, Shonazar Sohibov kabi bir qator san‟at arboblariga hamda taniqli
kompozitorlar bo„lmish M.Ashrafiy, M.Burhonov, T.Sodiqov, Sh.Ramazonov va
boshqalarga saboq beradi. Ota Jalol Nosirov 1928-yilda 83 yoshida Samarqandda
vafot etgan.