|
Texnologiya fanining "Mohir qo'llar" to'garagi hisoboti
|
Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 458,39 Kb. | | #243913 |
Bog'liq Хисобот
Texnologiya fanining "Mohir qo'llar” to'garagi hisoboti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev raisligida 2019 yil
19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish maqsadidagi beshta muhim tashabbusda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kasb tanlashga katta e’tibor qaratildi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ta’lim jarayonida o‘quvchilarda mustaqil ijodiy ishlashga, ularda izlanishlar olib borish elementlarini shakllarida va kelajakda ularni ongli ravishda to‘g‘ri kasb tanlashlarida alohida o‘rin egallaydi. Shuningdek ularda mas’uliyatni sezish va ularning mehnat faoliyatiga
tayyorlash kabi jarayonni rivojlantiradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ta’lim jarayonini o‘tkazish nafaqat o‘quvchilarga balki o‘qituvchilar uchun ham foydalidir. Bunda o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini yaxshiroq bilish, ular bilan muomila qilish hamda doimo zamonaviy fan-texnika yangiliklari bilan tanishtirib borishga harakat qiladi.
O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo'sh vaqtini qiziqarli va mazmunli o'tkazish maqsadida Bekobod Shahar 18-sonli maktab direktori Rahmanov Nuriddin Ko'chimbayevichning 2024- yil 4-yanvardagi 5-10-149-DUM/2024-son buyrug'i asosida maktabda ta'til vaqtida ham Texnologiya fanining "Mohir qo'llar” to'garagi bo'lib o'tdi. To'garakda 5-"A", 6-"A", 7-"A" sinf qizlari faol qatnashishdi.
To‘garakda qizlar to‘quvchilik sirlarini o‘rganib, mustaqil to‘qishni boshlashdi. To‘garak rahbari boshchiligida pishiriqlardan tort pishirishdi. Qizlar bo'sh vaqtini to‘garakda qiziqarli va mazmunli o'tkazishdi, hunar o‘rganish foydali bo‘ldi.
To‘garak rahbari: M.Rustamova
|
| |