1-rasm.
Avtomatlashtiriltan axborot tizimlarida axborotlar o‘zining hayotiy davriga ega bo‘ladi.
Bu
davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo‘lmaganda yo‘qotishdan iboratdir (2-rasm).
Axborotlar hayotiy davrining har bir bosqichida ularning himoyalanganlik darajasi turlicha
baholanadi.
Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim
vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning
mulki huquqlarini
himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va boshqa moddiy hamda
nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan turli kirishlar va o‘g‘irlashlardan himoyalashdir.