|
12 – Mavzu: Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash usullari RejaBog'liq axborot xavfsizligi2-rasm
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy
yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning
himoyalanganligiga aytiladi.
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa
olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to‘plami, elektron
ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan foydalanishdir.
Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot
xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish
osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat’iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga
aytiladi.
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar etkazmoqchi bo‘lgan
nohuquqiy muomaladan har qanday hujjatlashtirilgan, ya’ni identifikatsiya qilish imkonini
beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot himoyalanishi kerak.
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
• maxfiylik — aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi,
ya’ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga muvofiq cheklab qo‘yilib, hujjatlashtirilganligi kafolati.
Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;
• konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
• yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda
ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni
soxtalashtirish deyiladi;
• autentifikatsiya — axborot zahirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs haqiqatan ham
axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini
|
| |