12-amaliy mashg‘ulot




Download 1.42 Mb.
bet1/4
Sana15.12.2023
Hajmi1.42 Mb.
#119143
  1   2   3   4
Bog'liq
12-tayorlandi.m
Rustamova Z, 3-AI

12-amaliy mashg‘ulot. Mukammal diz'yunktiv normal shakldagi bul funksiyalarini Karno kartalari orqali soddalashtirish.Ikkilik mantiqiy amallariga mos sxemalar tuzish.
Hozirgi kunda xalq xo`jaligining, inson faoliyatining har qanday sohasini EHM siz tasawur qilib bo'lmaydi. Ilmiy- texnika inqilobining yuz berishida matematik mantiqning katta hissasi bor. asrning boshlaridan boshlab tez rivojlana boshlagan matematik mantiqdan yangi mustaqil sohalar ajralib chiqdi: avtomatlar nazariyasi, rele-kontakt va elektron sxemalar sintezi, algoritmlar nazariyasi shular jumlasidandir. O'tgan asrning o'ttizinchi yillariga kelib EHM ning matematik ta'minoti ishlab chiqildi, qirqinchi yillarning borshlarida esa birinchi EHM lar ishga tushirildi. Avtomatik boshqarish qurilmalari va elektron hisoblash mashinalarida yuzlab va minglab rele-kontakt, elektron-lampa, yarimo'tkazgich va magnit elementlarini o'z ichiga olgan rele- kontakt va elektron-lampa sxemalar uchraydi. Bu sxemalar avtomatik boshqarish qurilmalari va EHM lari tarkibida benihoya katta tezlikda juda murakkab operatsiyalar bajarishda bevosita ishtirok etadi va avtomatlarning barcha ish faoliyatini boshqarib turadi. Rele-kontakt va elektron sxemalami analiz va sintez qilishda mulohazalar algebrasi muhim ahamiyatga ega. Har qanday sxemaga mulohazalar algebrasining biror formulasini mos qo'yish mumkin. Va aksincha, mulohazalar algebrasining har bir formulasini rele - kontakt sxema (RKS) orqali ifoda qilish mumkin. RKS bilan mulohazalar algebrasining formulalari orasidagi bunday munosabat murakkab RKS larni mulohazalar algebrasining formulalari yordamida soddalashtirish imkoniyatini beradi. Quyida RKS larini mulohazalar algebrasining formulalari yordamida ifodalash masalasini ko'rib chiqamiz.
Kontaktni shartli ravishda yoki , yoki , yoki ko'rinishda belgilaymiz. Kontakt yopiq (tok o'tkazadigan) yoki ochiq (tok o'tkazmaydigan) holatda bo'lishi mumkin. Kontaktning yopiq holatiga 1 ni, ochiq holatiga 0 ni mos qo'yamiz.
Barcha kontaktlar orasida doimo tok o'tkazadigan (doimo yopiq) hamda butunlay tok o'tkazmaydigan (doimo ochiq) kontaktlar mavjuddir. Ularni ham mos ravishda 1 va 0 bilan belgilaymiz va hamda , ko'rinishda ifodalaymiz.
Shunday qilib, agar mulohazaning mazmunini e'tiborga olmasak, har bir mulohazaga ma'lum bir kontaktni mos qo'yishimiz mumkin ekan. Biz o'zgaruvchi kontaktlar bilan ish ko'rganimiz uchun ularni harflar bilan belgilaymiz.


Download 1.42 Mb.
  1   2   3   4




Download 1.42 Mb.