Ishlab chiqilgan joyiga ko‘ra ATV xorijiy mamlakatlarda hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarga bo‘linadi. CHunonchi, respublikamiz avtotransport korxonalarida Rossiya, Belorussiya, Germaniya, YAponiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida, shuningdek respublikamizning o‘zida ishlab chiqilgan 100 dan ortiq nomdagi va turli markalardagi ATVlar ishlatilmoqda.
Iste’mol qiladigan yoqilg‘i turiga ko‘ra ATVlar benzin (B), dizel yog‘ilg‘isi (D), shuningdek suyultirilgan gaz (SG) hamda siqilgan tabiiy gaz (TG)da ishlaydigan avtomibillarga bo‘linadi.
Nomi bir xil, lekin markasi turlicha bo‘lgan ATVlar ularga sarflanadigan yoqilg‘ining bazoviy me’yorlari bo‘yicha ham bir-biridan farqlanadi (2.1-jadvalga qarang).
27.1-jadval
Avtotransport vositalarining ayrim turlari bo‘yicha har 100 km masofaga sarflanadigan yoqilg‘ining bazoviy me’yorlari
Transport turi, modeli, markasi va modifikatsiyasi
|
Bazoviy me’yor,
l/100 km
|
YOqilg‘i turi
|
1.YUK TASHISH AVTOMOBILLARI
|
GAZ
|
GAZ- 52, -52A, -52-01, -52-03, -52-04, -52-05, -52-54, -52-74, -53F
|
22,0
|
B
|
GAZ-52-07, -52-08, -52-09
|
30,0
|
SG
|
GAZ -52-27, -52-28
|
21 (22)
|
TG
|
GAZ-53,-53A, -53-12, -52-12-016 va b.
|
25,0
|
B
|
GAZ-63,- 63A
|
26,0
|
B
|
GAZ-66, -66A, -66AE, -66-01, -66-02, -66-04, -66-05, -66-11
|
28
|
B
|
GAZ-3309, GAZ -5441
|
17
|
D
|
ZIL
|
ZIL-130, -130A1, -130G, -130GU, -130S, -130-76, -130G-76 va boshqalar
|
31,0
|
B
|
ZIL-131, -131A
|
41,0
|
B
|
ZIL-133G, -133G1,-133G2, -133GU
|
38,0
|
B
|
ZIL-133GYA
|
25,0
|
D
|
ZIL-138
|
42,0
|
SG
|
ZIL-138A, 138AG
|
31 (32)
|
TG
|
ZIL-150, ZIL -151, -151A
|
39,0
|
B
|
ZIL-5301PO
|
15,0
|
D
|
KamAZ
|
KamAZ-4310,-43105
|
31,0
|
D
|
KamAZ-5320
|
25,0
|
D
|
KamAZ-53219
|
22,0
|
TG+6,5D
YOki 26,0 D
|
KrAZ
|
KrAZ-255B,-255B1
|
42,0
|
D
|
KrAZ-257,- 257B1
|
38,0
|
D
|
MAZ
|
MAZ-514
|
25,0
|
D
|
MAZ -543
|
98,0
|
D
|
UAZ
|
UAZ-451, -451D, -451DM,-451M
|
14,0
|
B
|
UAZ-452, -452D, -452DM
|
16,0
|
B
|
UAZ -33032, -3332-01
|
21,5
|
B
|
UAZ-3909
|
17,0
|
B
|
BelAZ
|
BelAZ-540, -540A
|
135
|
D
|
BelAZ-548A
|
160,0
|
D
|
BelAZ-548GD
|
200,0
|
SG
|
BelAZ-549, -7509
|
270,0
|
D
|
BOSHQA MAMLAKATLAR YUK MASHINALARI
|
Tatra 111 R
|
33,0
|
D
|
Iveco-190,33
|
25,0
|
D
|
Mersedes-bens-1635S, -1926, -1928, -1935
|
23,0
|
D
|
Mersedes-bens-1834LS
|
18.5
|
D
|
Mersedes-bens-1840
|
17,0
|
D
|
Mersedes-bens-2232S
|
27,0
|
D
|
Volvo-1033
|
22,0
|
D
|
Volvo FH-12/380
|
15,0
|
D
|
Volvo FL 10
|
27,0
|
D
|
Ford Transit FT 150/150L
|
10,0
|
D
|
Ford Transit FT 150/150L 2.01
|
13,0
|
B
|
2.AVTOBUSLAR
|
LAZ-695 (B, E, J, M, N modif.)
|
41,0
|
B
|
LAZ-699R
|
28,1
|
D
|
PAZ-672, -672A,- 672G va boshqalar
|
34,0
|
B
|
Ikarus-55
|
28,0
|
D
|
Ikarus-280,-280,01
|
43,0
|
D
|
Mersedes-bens-308D
|
10,8
|
D
|
Mersedes-bens-0302
|
32,0
|
D
|
Volsvagen 2,0
|
11,5
|
B
|
Volsvagen 2,5D
|
9,4
|
D
|
Otayo‘l M-24
|
17,8
|
D
|
Otayo‘l M-24
|
44,6
|
TG
|
3. YENGIL AVTOMOBILLAR
|
GAZ-24,-24-10, 24-60
|
13,0
|
B
|
GAZ-24-07
|
16,5
|
SG
|
GAZ-3102, 3102-12
|
12,5
|
B
|
GAZ-3105
|
13,7
|
B
|
Audi 80 1.6
|
13,1
|
B
|
BMV M3
|
11,0
|
B
|
BMV 725
|
10,1
|
D
|
Mersedes-bens E 200
|
9,5
|
B
|
Meresedes-bens Vito 110D
|
9,6
|
D
|
Nissan Almera 1.5
|
7,6
|
B
|
Nissan Patrol GD 3.0D
|
12,5
|
D
|
Neksiya
|
9,0
|
B
|
Matis
|
7,5
|
B
|
Avtotransport korxonalari ixtiyoridagi ATVlar uzunligi, dvigatelining ish hajmi, og‘irligi bo‘yicha ham turlicha bo‘ladi. Masalan, avtobuslar uzunligi bo‘yicha mini (5,5 metrgacha), kichik (6,0 metrdan 7,5 metrgacha), o‘rta (8,5 metrdan 10 metrgacha), katta (11 metrdan 12 metrgacha) hamda superkatta (16,5 metrdan 24 metrgacha) avtobuslarga bo‘linadi.
Engil avtomobillar dvigatellarining ishchi hajmiga ko‘ra juda kichik (1,1 litrgacha), kichik (1,1 litrdan 1,8 litrgacha), o‘rta (1,8 litrdan 3,5 litrgacha), katta (3,5 litrdan ortiq) turlarga bo‘linadi.
YUk tashish avtomobillari og‘irligiga (massasiga) ko‘ra quyidagi 7 ta guruhga ajratiladi:
1-guruh - 1,2 tonnagacha;
2-guruh - 1,2 tonnadan 2,0 tonnagacha;
3- guruh -2,0 tonnadan 8,0 tonnagacha;
4-guruh – 8,0 tonnadan 14,0 tonnagacha;
5-guruh - 14 tonnadan 20,0 tonnagacha;
6-guruh – 20,0 tonnadan 40,0 tonnagacha;
7-guruh – 40,0 tonnadan yuqori.
Xalqaro amaliyotda ATVlarning BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining ichki transport Qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatori keng qo‘llaniladi. Ushbu klassifikatorda ATVlarni tasniflash uchun 6 xonali kodlar asos qilib olingan. Bu kodlarning alohida razryadlari quyidagilarni ifodalaydi:
1-son ATVning toifasi va sinfini;
2-son ATVning tipini;
3-va 4-sonlar ATVning modeli tartib raqamini;
5-son ATVning modifikatsiyasini;
6-son qaysi iqlimga mo‘ljallanganligini
2. Avtotransport vositalari harakatining hisobi
Avtotransport korxonalarida ATVlar holati va harakatining sintetik hisobi bosh kitobda ochiladigan 0160 «Transport vositalari» schyotida yuritiladi. ATVlar holati va harakatining analitik hisobi ularning har biriga ochilgan hisob kartochkalarida yoki «Asosiy vositalar hisobi kitobi»da olib boriladi. Hisob kartochkalari avtotransport korxonasida har bir ATVga davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng ochiladi. Ushbu kartochkada ATVning barcha texnik ma’lumotlari, uning sotib olinishi (bepul olinishi)ni tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami, sanasi, shuningdek boshlang‘ich qiymati, tiklangan qiymati, jamlanib boruvchi eskirish summasi, qoldiq qiymati hisobot davrlari bo‘yicha aks ettiriladi. Hisob kartochkasi ATVning korxonada foydali xizmat muddatida to‘liq saqlanadi. Korxona balansidan chiqarilgan sanaga ATVga ochilgan hisob kartochkasi yopiladi.
Avtotransport korxonalarida ATVlar asosan sotib olish, bepul olish, ta’sischilar badali sifatida kiritish evaziga ko‘payadi.
ATVlarni sotib olinishi buxgalteriya hisobida tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlar asosida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (2.2-jadval).
27.2-jadval
ATVlarning sotib olinishini schyotlarda aks ettirish
№
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Summa
|
Debet schet
|
Kredit schet
|
Asos bo‘luvchi hujjat
|
1
|
ATV ning sotib olish bahosidagi qiymatiga (QQS bilan birga)
|
15000000
|
0820
|
6010
|
Schyot-faktura, invoys, bojxona yuk deklaratsiyasi (BYUD)
|
2
|
ATV bo‘yicha bojxona to‘lovlari summasiga
|
9000000
|
0820
|
6990
|
BYUD
|
3
|
Sotib olishdagi vositachilik haqi summasiga
|
150000
|
0820
|
6990
|
Schyot-faktura
|
4
|
Sotib olish bo‘yicha safar xarajatlari summasiga
|
750000
|
0820
|
6970
|
Bo‘nak hisoboti
|
5
|
Transport xarajatlari summasiga
|
200000
|
0820
|
6990
|
Schyot -faktura
|
6
|
Davlat avtonazoratiga to‘lovlar summasiga
|
15525
|
0820
|
6990
|
Schyot-faktura
|
7
|
Yo‘l fondiga sotib olish qiymatidan 6 foizlik to‘lov summasiga
|
900000
|
0820
|
6520
|
Schyot, to‘lov topshiriq-nomasi
|
8
|
ATVni boshlang‘ich qiymati bo‘yicha kirimiga
|
28015525
|
0160
|
0820
|
Hisob-kitob
|
ATVlarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul olinishi tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra va schyot-fakturalar asosida avtotransport korxonasi balansiga kirim qilinadi. Buxgalteriya hisobida ushbu operatsiyaga quyidagicha yozuv qilinadi:
|