• Debet
  • Debet 0160 «Transport vositalari» Kredit




    Download 28,85 Kb.
    bet3/5
    Sana18.02.2024
    Hajmi28,85 Kb.
    #158376
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    12-mavzu avtotransport vositalari va ular ish faoliyati hisobi-fayllar.org

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Debet
    Debet 0160 «Transport vositalari»
    Kredit 8530 «Bepul olingan mulk»
    Avtotransport korxonalarida, chunonchi, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda, xususiy korxonalarda ATVlar ta’sischilar tomonidan ularning badallari evazi hisobidan ham shakllantirilishi mumkin. Ta’sischilar tomonidan korxona balansiga kiritilgan ATV qiymatiga ta’sis shartnomasi, baholar kelishuvi bayonnomasi, schyot-fakturalar asosida quyidagicha yozuv qilinadi:
    Debet 0160 «Transport vositalari»
    Kredit 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga badallari bo‘yicha qarzi».
    ATVlarning boshlang‘ich qiymati, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ular qiymatini qayta baholash, shuningdek avtomobillarni modernizatsiya qilish evaziga ko‘payishi mumkin. Avtotransport korxonalari boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari har yilning 1 yanvar holatiga o‘zlarining barcha asosiy vositalari, shu jumladan ATVlarni qayta baholashlari lozim. Qayta baholash belgilangan tartibga muvofiq indeks yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash usullaridan biri bo‘yicha amalga oshiriladi. Qayta baholash korxona rahbari tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan yoki shartnoma asosida mulkni baholash huquqi bo‘lgan maxsus korxona tomonidan amalga oshiriladi. Qayta baholash natijalari «Qayta baholash dalolatnomasi» bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomaga asosan ATVlar boshlang‘ich qiymatini oshirilishiga quyidagi yozuv beriladi:
    Debet 0160 «Transport vositalari»
    Kredit 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar».
    Bir vaqtning o‘zida ATVlar bo‘yicha ularning jamlangan eskirishi summasini oshirilishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
    Debet 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar».
    Kredit 0260 «Transport vositalarining eskirishi».
    8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining krediti va debetida aks ettirilgan summalarning ijobiy farqi ATVlarni qayta baholash evaziga vujudga kelgan rezerv kapitalini bildiradi. Qayta baholash natijasida vujudga kelgan rezerv kapitali avtotransport korxonasi balansida xususiy kapital elementi sifatida aks ettiriladi.

    Download 28,85 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 28,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Debet 0160 «Transport vositalari» Kredit

    Download 28,85 Kb.