12-mavzu. Texnik tizimlarda internet texnologiyalari




Download 134,76 Kb.
bet11/24
Sana22.03.2021
Hajmi134,76 Kb.
#13352
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24

WHOIS

WHOIS - bu InterNIC markazining dasturi va bu markaz tomonidan yig’ilgan ma’lumotlar to’plami. Bu to’plam ro’yxatdan o’tgan Internet hamma foydalanuvchilari haqida barcha ma’lumotlarni o’z ichida saqlaydi. Ammo, ayni paytda bu loyihani oxiriga etkazish uchun ishlar olib borilmoqda.

Bu tizimda ishlash uchun qidirilayotgan foydalanuvchining to’liq nomi yoki nomining bir qismini kiritish kerak. Agar WHOIS tizimining ma’lumotlar to’plamida bunday ma’lumot bo’lsa, ular sizning ekraningizga chiqariladi yoki elektron pochta orqali jo’natib yuboriladi.

WHOIS tizimidan foydalanishning bir necha turi mavjud. Internetda ishlash uchun to’liq huquqga ega bo’lgan foydalanuvchilar telnet dasturi yordamida Internetdagi biron-bir WHOIS serveriga kirib, uning ma’lumotlar to’plami bilan bevosita ishlashi mumkin. Faqatgina elektron pochtadan foydalanadiganlar WHOIS serveriga qidirayotgan ma’lumotini xat ko’rinishida jo’natishi mumkin. Shunda server bu ma’lumotlarni o’z ma’lumotlar to’plamidan qidirib chiqib, foydalanuvchiga elektron pochta orqali qaytib yuboradi.

WHOIS tizimidan foydalanish uchun ko’pchilik InterNIC ning asosiy serveridan foydalanadilar. Barcha WHOIS serverlarining ro’yxatini sipb.mit.edu xost kompyuteridagi anonim FTP serverining pub/whois katalogidagi whois-senv-s.list faylidan olish mumkin.

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, ma’lumotlarni tezroq topish va olish maqsadida bir xil ma’lumotli serverlar dunyoning regionlari bo’yicha muqobil joylashtiriladi. Muqobil serverlardan foydalanish vaqtni ancha tejaydi.

UNIX tizimlarida WHOISdan foydalanish uchun quyidagi buyruq kiritilishi kerak: whois [-h xost kompyuter nomi] foydalanuvchi nomi bunda xost kompyuter nomi berilishi shart bo’lmagan parametr. Bu parametr ishlatilgan taqdirda whois kompyuter nomi bilan foydalanuvchi nomini chalkashtirmaslik uchun oldida -h kaliti bilan yozilgan.

WHOIS tizimidan elektron pochta orqali ham ma’lumotlar olish mumkin. Buning uchun WHOIS serverlarining biriga xatning mavzusini ko’rsatmay so’rov yuborish kerak. Xatning o’zida WHOIS tizimidan foydalanishning UNIX buyrug’ini ko’rsatish lozim.

Masalan, mailserv@ds.internic.net manziliga quyidagi mazmunli xatni jo’natamiz: whois tparker.

Agar tparker nomi oldiga nuqta (.) qo’yilsa, unda WHOIS tizimi bu so’rovni korxona nomi emas, balki foydalanuvchining nomi ko’rinishida qabul qiladi. Bunda xat quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: whois.tparker.

WHOIS xizmatining kamchiligi shundan iboratki, unda foydalanuvchilarning hammasi tizimga kiritilmagan bo’lish ehtimoli bor.



Download 134,76 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Download 134,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-mavzu. Texnik tizimlarda internet texnologiyalari

Download 134,76 Kb.