Hozirgi kundagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha falsafiy paradigmalar: muammo va yechimlar




Download 87.53 Kb.
bet3/14
Sana02.05.2023
Hajmi87.53 Kb.
#55637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
13 мавзу Коррупцияга қарши кураш механизмлари
maqolaaaaa, Fan mavzu test4tadan-ШАБЛОН-1 , B Grammatik, 7-Ma'ruza, Mavzu arbolit betonning fizik mexanik xossalari betonning fizik-fayllar.org, Safarova Zebiniso Muhriddin qizi, Mavzu ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yec, 1-Seminar, web dizayn -- , Papka yuziga, Ko\'rish o\'tkirligini aniqlash va ovqat rejimi, атхам, Нефт Yangi qo`llanma, 4-laboratoriya mashg\'uloti. Oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish issiqligini aniqlash, 1-ma\'ruza
Hozirgi kundagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha falsafiy paradigmalar: muammo va yechimlar. Bugungi kunga qadar pedagogika, psixologiya, falsafa, boshqaruv nazariyasida biron bir shaxsning ideal darajadagi amaldor bo‘lishiga kafolat beradigan ma’lum usullar mavjud emas. Biroq, korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan ko‘plab mamlakatlar mavjud. Bundan tashqari, davlatlar tarixida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan harakatlar muhim yutuqlarga olib kelganligi haqida misollar ham bor. Masalan, Estoniya, Singapur, Gonkong, Portugaliya, Shvesiya shunday davlatlar qatoriga kiradi. Bu esa, o‘z navbatida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha muayyan falsafiy paradigmalarga asoslangan usullarining mavjudligini ko‘rsatadi. Mantiqan falsafiy paradigmalar nuqtai nazaridan qaralsa, agar davlat bo‘lmasa, korrupsiya ham bo‘lmaydi. Davlatning ko‘plab funksiyalari borki, ularni fuqarolar bajarishga majburdirlar. Shu sababli ularni yo‘q qilish mumkin emas. Masalan, barcha soliqlarni bekor qilish orqali soliq idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashish mumkin emas. Shunga qaramay, korrupsiya keng tarqalgan muhitda, korrupsiya girdobiga botgan davlat organlarini tarqatib yuborish, undan qutulishning eng samarali radikal usullaridan biri bo‘lib tuyuladi. Biroq, barcha amaldorlar ochko‘z, poraxo‘r bo‘lmasligi ham mumkin. Buni ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda korrupsiyani kamaytirish borasida uchta falsafiy paradigmal yondashuv borligi ko‘zga tashlanadi.
Birinchisi, korrupsiyaga aloqador bo‘lganlarni qilmishiga yarasha jinoiy javobgarlikka tortish uchun yangi qonunlar qabul qilish va ularning ijrosini kat’iy tarzda amalga oshirishni ta’minlash.
Ikkinchisi, amaldorlarning korrupsiya batqog‘iga botib ketmasligi uchun qoida va qonunlarni buzmasdan turib, ularning daromadlarini ko‘paytirishga imkon beradigan iqtisodiy mexanizmlarni yaratishni yo‘lga qo‘yish.
Uchinchisi, bozorlar va raqobatning rolini oshirish orqali korrupsiyadan olinadigan daromadlar ulushini kamaytirish.
Mazkur falsafiy paradigmalarni amalga oshirishning umumiy ilmiy-amaliy mexanizmlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

Download 87.53 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 87.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi kundagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha falsafiy paradigmalar: muammo va yechimlar

Download 87.53 Kb.