• Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida
  • O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish taktikasi




    Download 87.53 Kb.
    bet9/14
    Sana02.05.2023
    Hajmi87.53 Kb.
    #55637
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    13 мавзу Коррупцияга қарши кураш механизмлари
    maqolaaaaa, Fan mavzu test4tadan-ШАБЛОН-1 , B Grammatik, 7-Ma'ruza, Mavzu arbolit betonning fizik mexanik xossalari betonning fizik-fayllar.org, Safarova Zebiniso Muhriddin qizi, Mavzu ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yec, 1-Seminar, web dizayn -- , Papka yuziga, Ko\'rish o\'tkirligini aniqlash va ovqat rejimi, атхам, Нефт Yangi qo`llanma, 4-laboratoriya mashg\'uloti. Oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish issiqligini aniqlash, 1-ma\'ruza
    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish taktikasi. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish taktikasi deb korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan aniq vositalar turkumidan iborat bo‘lgan chora-tadbirlar tizimiga aytiladi.
    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi va taktikasi o‘rtasidagi farq faoliyat ko‘lami va faoliyat ko‘rsatadigan vaqt oralig‘ida namoyon bo‘ladi. Bunda noto‘g‘ri tanlangan taktika - bu yo‘qolgan kun, notug‘ri tanlangan strategiya esa - bu yo‘qolgan yil demakdir.
    Mamlkatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi korrupsiyaga qarshi harakat usuli sifatida, asosiy maqsadga bevosita erishish uchun mavjud resurslar yetarli bo‘lmagan sharoitda zarur bo‘lib qolishi bilan xarakterlanadi. Bunda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining maqsadi - asosiy maqsad-korrupsiyani o‘q tomiri bilan yo‘q qilishga erishish uchun mavjud resurslardan samarali foydalanish hisoblanadi. Taktikalar esa strategiyani amalga oshirish vositasi bo‘lib,u strategiyaning asosiy maqsadiga bo‘ysunadi. Strategiya asosiy maqsadga oraliq taktik vazifalarni hal qilish orqali erishadi .
    Albatta, mamlakatimizda korrupsiya­ga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste’molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi; 1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi; 1997 yil 28 maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
    2008 yilda BMTning 2003 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Budjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning bari tom ma’noda davlatimiz tinchligini va xalq farovonligining huquqiy garovidir.
    O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi quyidagi moddalar:

    1. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (167-modda);

    2. Soxta tadbirkorlik (179-modda);

    3. Soxta bankrotlik (180-modda);

    4. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (182-modda);

    5. Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (184-modda);

    6. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda);

    7. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda);

    8. Mansab soxtakorligi (209-modda);

    9. Pora olish (210-modda);

    10. Pora berish (211-modda);

    11. Pora olish-berishda vositachilik qilish (212-modda);

    12. Tovlamachilik yo‘li bilan haq - berishni talab qilish (214-modda);

    13. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (243-modda);

    14. Kontrabanda (246-modda) mavjud.

    Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan. Prezident tomonidan 2017 yil 3 yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan iborat. Ushbu qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, ya’ni:

    • Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

    • qonuniylik;

    • fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

    • ochiqlik va shaffoflik;

    • tizimlilik;

    • davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

    • korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

    • javobgarlikning muqarrarligi.

    Qonunning 5-moddada esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari berilgan.

    • Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

    • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

    • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

    O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda. 
    Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. 
    Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish taktikasining asosiy prinsiplarini «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasi «Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari»: qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi6 tashkil qiladi.

    Download 87.53 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 87.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish taktikasi

    Download 87.53 Kb.