• Shvesiyaning korrupsiyaga qarshi kurashdagi falsafiy paradigmasi va uni amalga oshirish strategiyasi.
  • Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashdagi falsafiy paradigmasi va uni amalga oshirish strategiyasi




    Download 87.53 Kb.
    bet2/14
    Sana02.05.2023
    Hajmi87.53 Kb.
    #55637
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    13 мавзу Коррупцияга қарши кураш механизмлари
    maqolaaaaa, Fan mavzu test4tadan-ШАБЛОН-1 , B Grammatik, 7-Ma'ruza, Mavzu arbolit betonning fizik mexanik xossalari betonning fizik-fayllar.org, Safarova Zebiniso Muhriddin qizi, Mavzu ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yec, 1-Seminar, web dizayn -- , Papka yuziga, Ko\'rish o\'tkirligini aniqlash va ovqat rejimi, атхам, Нефт Yangi qo`llanma, 4-laboratoriya mashg\'uloti. Oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish issiqligini aniqlash, 1-ma\'ruza
    Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashdagi falsafiy paradigmasi va uni amalga oshirish strategiyasi. Singapur korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi o‘zining qat’iyligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Bu mamlakatdagi falsafiy paradigma "korrupsiyani nazorat qilish mantig‘i" ga asoslanib: "korrupsiyani yo‘q qilishga urinishlar ham rag‘batlantiruvchi, ham shaxsni korrupsiyaviy harakatlarni sodir etishga undash uchun imkoniyat yaratadigan sharoitlarni minimallashtirish yoki yo‘q qilish istagiga asoslangan bo‘lishi kerak"1,– degan g‘oyaga asoslanadi. Bu paradigmada: birinchidan, mansabdor shaxslarning harakatlarini tartibga solish; ikkinchidan, byurokratik protseduralarni soddalashtirish; uchinchidan, yuksak axloqiy-ma’naviy me’yorlarga rioya qilish ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish masalasi ilgari surilgan edi.
    1965 yilda mustaqillik davrida Singapur korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakat edi. Undan qutilish uchun qonunchilik kuchaytirildi, sud hokimiyatining mustaqilligi oshirildi (yuqori ish haqi va sudyalarning imtiyozli maqomi bilan), pora bergani yoki korrupsiyaga qarshi tergovda qatnashishdan bosh tortganligi uchun iqtisodiy sanksiyalar joriy etildi va bojxona xodimlari va boshqa davlat xizmatlarini to‘liq ishdan bo‘shatishgacha qattiq choralar ko‘rildi. Bu iqtisodiyotni tartibga solish, mansabdor shaxslarning ish haqini oshirish va ma’muriy kadrlarni tayyorlash bilan birlashtirildi. Korrupsiya holatlarini tergov qiluvchi avtonom Byuro tuzildi va u fuqarolarning davlat xizmatchilari ustidan shikoyatini va ular tomonidan yetkazilgan zararni undirib beruvchi markazga aylantirildi. Shu tariqa,ayni paytda Singapur korrupsiya, iqtisodiy erkinlik va rivojlanishning yuqoriligi bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi.
    Shvesiyaning korrupsiyaga qarshi kurashdagi falsafiy paradigmasi va uni amalga oshirish strategiyasi. XIX asrning o‘rtalariga qadar Shvesiya korrupsiya rivojlangan mamlakat edi. Bundan qutilish yo‘lini o‘zida aks ettiruvchi falsafiy paradigmaning o‘ziga xos xususiyatlari: birinchidan, merkantilizm va uning oqibatlarini tugatish; ikkinchidan, barcha pog‘onadagi mansabdorlar uchun yuksak darajadagi axloqiy-ma’naviy normalarni ishlab chiqish va ularga amal qilishni ta’minlash; uchinchidan, mustaqil va adolatli sud tizimini yaratish kabilar bilan tavsiflanadi. Shunga ko‘ra mamlakatni modernizatsiya qilishda merkantilizmni yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. O‘shandan beri davlat tomonidan tartibga solish firmalarga qaraganda ko‘proq uy xo‘jaliklariga qaratildi,bunda e’tibor taqiqlash va ruxsatnomalar berishga emas, balki imtiyozlarni, soliqlar yukini kamaytirish va shu kabilar orqali berishga qaratildi. Ichki davlat hujjatlaridan foydalanish imkoniyati ochildi, mustaqil va samarali sudlovga asoslangan adolat tizimi yaratildi. Shu bilan birga, Shvesiya parlamenti va hukumati ma’murlar uchun yuqori axloqiy me’yorlarni o‘rnatdi va ularni bajarish boshlandi. Natijada, bir necha yil o‘tgach, halollik amaldorlar(byurokratiya) o‘rtasida ijtimoiy normaga aylandi. Bugungi kunda Shvesiya dunyodagi eng past korrupsiya darajasiga ega davlatlardan biri sanaladi.
    Bulardan tashqari bunday paradigmalarni amalga oshirishni Gongkong, Portugaliya, Malayziya, Estoniya kabi mamlakatlar misolida ham keltirish mumkin.

    Download 87.53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 87.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashdagi falsafiy paradigmasi va uni amalga oshirish strategiyasi

    Download 87.53 Kb.