• SHartnomaviy tizimlarda
  • 13-mavzu. Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor jarayonlarini boshqarish faoliyati




    Download 225 Kb.
    bet5/9
    Sana20.08.2023
    Hajmi225 Kb.
    #79061
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    13 mavzu Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor
    QTVL-2207102935434, 22 mavzu Transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga, 4 Мавзу Юк ташиш, юклаш тушириш ва махсус транспортлар Юк таши, 10 mavzu Transport logistikasi tizimi faoliyati sifati va samaradorligi, 19 mavzu Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuv, 7 МАВЗУ Logistika tizimida turli transport turlarining o‘zaro hamjihatiligi, 16 mavzu Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi, Chiqarishga tayyor TITUL VA ANNATASIYA .Zarnigor yangisi, mayl bayonoma.Zarnigor, fevral bayonama.Zarnigor, Dissertatsiya Hujjatlari, 3-maruza
    Tarqatuvchi agentlar xaridorlarga savdo-sotiq tashkilotlari o’rniga xizmat ko’rsatadi, ular mahsulotga ega emas, faqat komission mukofot uchun ishlaydi.
    Komission savdogarlar aniq bir “oldi-sotdi”ga xizmat ko’rsatadi, brokerlar esa bunday “oldi-sotdi”ning tashabbuskori sifatida faoliyat olib boradi.
    Taqsimlash kanallarining samarali faoliyat ko’rsatishi ko’p jihatdan ularni boshqaruvchi tashkilotga bog’liq. Hozirgi paytda bunday tashkilotlarning quyidagi guruhlarini ko’rsatish mumkin:
    - boshqarishning maьmuriy tizimi;
    - hamkorlik ko’rinishidagi tizim;
    - ittifoq tizimi.
    Ma’muriy tizimda yetakchi firma, odatda asosiy chakana sotuvchi ma’lum rahbarlik funktsiyalarini o’z zimmasiga oladi va savdo-sotiq ishlari bo’yicha hamkorlar va turli xizmatlarni bajaruvchilar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yadi. Bunda barcha mustaqil ishtirokchilar o’zaro hamkorlik ahamiyati va foydasini chuqur tushungan holda ish ko’radilar.
    Tashkilot va firmalar faoliyatlaridan o’zaro yanada samaraliroq foydalanish uchun hamkorlik va ittifoq ko’rinishidagi tizimlarga jalb etishadi.
    Hamkorlik ishtirokchilari o’zaro bir-birlariga bog’liqligini yaxshi tushunishadi va ularda o’zaro aloqadorlikda faoliyat ko’rsatish va axborotlashtirishga xohish-istak tug’iladi. Hamkorlik sifatini belgilovchi eng muhim ko’rsatkich – bahodir, chunki baholar ham o’zaro kelishuvga muvofiq belgilansa, bu hamkorlikning yuqori darajasini belgilovchi holatdir.
    Ittifoq ishtirokchilarining muhim belgisi – ularning biznes yuritish asosiy shartlari va tamoyillariga o’zgartirishlar kiritishdir. Agar ittifoq ishtirokchilari biznesni rivojlantirishning asosiy omillarini to’g’ri tushungan holda ma’lum o’zgartirishlarni amalga oshirishga intilsalar, unda bu hakikiy ittifoqdir. Ittifoq maqsadi – ishtirokchilarning umumiy resurslaridan foydalangan holda ular faoliyatini shunday ixtisoslashtirishga asoslangan bo’lishi kerakki, natijada ish unumdorligi, taqsimlash kanali faoliyatining sifati va raqobatbardoshligi oshsin.
    Ko’pchilik kompaniyalar o’zlarining xo’jalik aloqalarini ma’lum hujjatlar-shartnomalar ko’rinishida rasmiylashtiradilar. Logistik munosabatlarda bunday shartnomalarning eng ko’p tarqalgan turlari quyidagilardan iborat:
    - franshizlar;
    - diler kelushuvlar;
    - maxsus logistik xizmat ko’rsatuvchilar va ularni xaridorlari o’rtasida tuzilgan shartnomalar, masalan:

    • yuk tashuvlarni amalga oshirish uchun transport tashkilotini ijaraga olish haqida;

    • omborxona xizmati ko’rsatuvchi bilan uning isteьmolchisi o’rtasida.

    SHartnomaviy tizimlarda ixtisoslashish o’rniga qonuniylashtirilgan ikki tomonlama majburiyatlar yuzaga keladi. Bunday rasmiylashtirish ma’lum ma’noda barqarorlikni taьminlaydi. Masalan, franshizlar va diler munosabatlariga ega bo’lgan firmalar o’z mahsulot va xizmatlarini ma’lum geografik hududda amalga oshirish borasida tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi.
    Ayrim logistik munosabatlar juda katta kapital mablag’larni talab etadi va ularning yakka ta’minlovchilar tomonidan bajarilishi nihoyatda mushkul. SHu tufayli bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi alohida firmalar o’zaro birlashib, bunday og’ir investittsiyalarni amalga oshirishga muvofiq bo’ladilar. Yuk jo’natuvchilarning logistik servis ko’rsatuvchi tashkilotlar bilan birlashishi xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarning tashkiliy shakllarini o’zgartirib yuboradi. Ular mustaqil firmalarga aylanadi. Ko’pfunktsiyali ko’plab logistik kompaniyalar o’zlarining dastlabki firmalaridan ajralib chiqqanlar yoki ularning filiallari shaklidan mustaqil firmalarga aylanganlar. Olib borayotgan tovarlarni taqsimlash siyosati bo’yicha vositachilarning quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin:

    • eksklyuziv vositachilar;

    • selektiv vositachilar;

    • jadal vositachilar.


    Download 225 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 225 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mavzu. Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor jarayonlarini boshqarish faoliyati

    Download 225 Kb.