• Keyingi baholash mezoni
  • LTZni baholashda
  • Yana bir mezon
  • Vositachilar o’rtasida raqobat
  • Yana bir muhim mezon
  • 13-mavzu. Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor jarayonlarini boshqarish faoliyati




    Download 225 Kb.
    bet8/9
    Sana20.08.2023
    Hajmi225 Kb.
    #79061
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    13 mavzu Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor
    QTVL-2207102935434, 22 mavzu Transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga, 4 Мавзу Юк ташиш, юклаш тушириш ва махсус транспортлар Юк таши, 10 mavzu Transport logistikasi tizimi faoliyati sifati va samaradorligi, 19 mavzu Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuv, 7 МАВЗУ Logistika tizimida turli transport turlarining o‘zaro hamjihatiligi, 16 mavzu Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi, Chiqarishga tayyor TITUL VA ANNATASIYA .Zarnigor yangisi, mayl bayonoma.Zarnigor, fevral bayonama.Zarnigor, Dissertatsiya Hujjatlari, 3-maruza
    Birinchi baholash mezoni sifatida vositachi yoki material oqim jo’natuvchisining obro’-e’tiborini ko’rsatish lozim. Uning obro’-e’tibori ko’pgina omillarga bog’liq bo’lib, quyidagilarini alohida ko’rsatish mumkin:

    • ko’pchilik o’rtasida ommalashgan savdo markasi mavjudligi;

    • hamkorlar, iste’molchi va xaridorlar, turli tashkilotlar tomonidan ijobiy baholanishi;

    • o’z tovarlariga el-yurt e’tiborini jalb etish uchun prezentatsiyalar va taqdimotlar kabi tadbirlar o’tkazilishi.

    Keyingi baholash mezoni – tovarlarni bozorda o’tkazish va xaridorlarga tarqatish bo’yicha sub’ekt imkoniyatlaridir. Bu imkoniyatlarni belgilovchi omillar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

    LTZni baholashda ishtirokchilarning rivojlanganlik darajasini ham hisobga olish lozim. Vositachi yoki jo’natuvchi tashkilotlarning rivojlanganlik darajasi quyidagi omillarga bog’liq;

    • to’lov imkoniyatlari;

    • qo’shimcha aylanma vositalarga ehtiyoji;

    • omborxonalar hajmi;

    • avtotransport vositalari soni;

    • sotuvchi mutaxassis va xodimlarning bilim saviyasi;

    • hamkorlar tarkibi;

    • texnik-texnologik jihozlanganlik, rivojlanganlik va hokazo.

    Yana bir mezon – sub’ektlarning ish sharoiti va ko’rsatayotgan xizmat turlaridir. Bunda vositachining faoliyat ko’rsatayotgan sharoit xususiyatlarini hisobga olish lozim: ko’rsatilayotgan logistik xizmat turlari va ular kompleksi, yetkazib berish hajmlari, muddatlari, shart-sharoitlari va imkoniyatlari. Bunday holatlarni tahlil etish vositachilar bilan munosabatlarni yaxshilashga va ularga ma’qul bo’ladigan takliflar kiritishga imkon beradi. Ishlab chiqaruvchi va vositachi yondashuvlarida katta farqlar bo’lsa, unda umumiy holatni tushunishga imkon beruvchi axborotlar mavjudligi o’zaro kelishuvga imkoniyat beradigan omillarni ko’rsatib beradi.
    Vositachilar o’rtasida raqobat mavjudligi ularni tanlab olishda hisobga olish lozim bo’lgan muhim mezonlardan hisoblanadi. Ishlab chikaruvchi tashkilotlar vositachilar orasidagi raqobatdan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi tashkilot tovar tarqatuvchilarning ma’lum bir guruhini tanlab mazkur tarmoqning hamkori yoki dileriga aylanadi. Bu esa munosabatlarning yanada ishonchli va uzoq muddatli bo’lishiga imkon yaratadi.
    Yana bir muhim mezon – o’zaro munosabatlarning rasmiylashtirilgan qoidalari mavjudligidir. Eng avvalo, mazkur qoidalar tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtirilishi va uzoq muddat davomida o’zgartirilmasligi lozim. Bu qoidalarning tez-tez o’zgartirilishi ishtirokchilarning qoidaga rioya qilishga bo’lgan intilishlarini susaytiradi. Eng muhimi, o’zaro munosabatlarning ma’lum qoidalar asosida tartibga tushirilmaganligi har ikki tomon uchun ham qo’shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.

    Download 225 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 225 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-mavzu. Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor jarayonlarini boshqarish faoliyati

    Download 225 Kb.