• Taqsimot kanallari
  • Korxona darajasida taqsimlash logistikasining maqsadi, funktsiyalari, vazifalari va kanallari




    Download 225 Kb.
    bet2/9
    Sana20.08.2023
    Hajmi225 Kb.
    #79061
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    13 mavzu Transport kompaniyasida omborni tashkil qilish va ombor
    QTVL-2207102935434, 22 mavzu Transport logistikasi tizimini davlat tomonidan tartibga, 4 Мавзу Юк ташиш, юклаш тушириш ва махсус транспортлар Юк таши, 10 mavzu Transport logistikasi tizimi faoliyati sifati va samaradorligi, 19 mavzu Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuv, 7 МАВЗУ Logistika tizimida turli transport turlarining o‘zaro hamjihatiligi, 16 mavzu Yo‘l tarmog’i transport jarayoni infratuzilmasielementi, Chiqarishga tayyor TITUL VA ANNATASIYA .Zarnigor yangisi, mayl bayonoma.Zarnigor, fevral bayonama.Zarnigor, Dissertatsiya Hujjatlari, 3-maruza
    3. Korxona darajasida taqsimlash logistikasining maqsadi, funktsiyalari, vazifalari va kanallari

    Tovar yoki mahsulot jo’natuvchi va oluvchi ikki mikrotizimdan iborat bo’lib, ular o’zaro taqsimlash kanallari bilan bog’langandir. Taqsimlash kanallari turli manbalarda turlicha – marketing yoki logistik kanallar deb ataladi.


    Taqsimot kanallarini tanlash to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish bevosita butun marketing faoliyatiga ta’sir etuvchi va kompaniya menejmenti uchun murakkab masalalardan biri hisoblanadi.1
    Firmalarning taqsimot kanallari to’g’risidagi qarorlari muhim hisoblanadi va boshqa kompaniyalar oldida uzoq muddatli majburiyatlarni olishni ko’zda tutadi.
    Taqsimot kanallarini rivojlantirish va boshqarish to’g’risidagi qarorlarga kanal faoliyatini ta’minlash texnologiyasi birinchi darajali ta’sir ko’rsatadi. Xaridorlar va sotuvchilar zudlik bilan sotish bo’yicha kelishuvga erishishlari uchun turli tashkiliy texnik-texnologik usullarni qidirishadi. Texnologik marketing kanallari va zamonaviy axborot- kompьyuter tizimlari bu masalada qo’shimcha imkoniyatlar yaratishni hamda moddiy mahsulotlar, mulklar, to’lovlar va axborotlar oqimini tezlashtiradi.
    Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarini bevosita iste’molchilarga sotishmaydi. Ularning o’rtasida butun bir vositachilar tizimi mavjud bo’lib, ular turli xil funktsiyalarni bajarishadi. Vositachilar birgalikda marketing kanalining muhim qismini tashkil etishadi.
    Taqsimot kanallari – tovarlar yoki xizmatlardan foydalanish yoki ularni iste’mol qilish uchun qulaylik tug’diruvchi hamda o’zaro bog’langan bo’g’inlar yig’indisidir.
    AQSH marketing assotsiatsiyasi ta’rifiga ko’ra, taqsimot kanali – bu tovar, mahsulot va xizmatlarni sotishda tashkilotning ichki bo’limlarini tashqi agentlar, dilerlar, ulgurji va chakana savdo sotuvchilari bilan birlashtiruvchi tuzilmadir. Moddiy-texnik asosiga ko’ra kanal mahsulotga egalik huquqiga ega bo’lgan yoki bozor almashinuvi asosida egalik huquqini dastlabki xo’jayindan xaridorga yetkazib berishdan iborat tuzilmadir. Taqsimot kanallari ishtirokchilari bir qator muhim vazifalarni bajarishadi, ulardan asosiylari:

    • axborot olish;

    • tashish, xizmat ko’rsatish;

    • muzokaralar olib borish;

    • buyurtmalar tuzish;

    • moliyalashtirish;

    • tavakkalchilikni qabul qilish;

    • tovarga egalik qilish;

    • to’lovlarni amalga oshirish;

    • tovarlarni tamg’alash.

    Ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ayrimlari (masalan, tovarga egalik qilish, tashish, tamg’alash) to’g’ri oqimga tegishli, ya’ni harakatlar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qaratilgan. Ayrim funktsiyalar esa (buyurtmalar tuzish, to’lov) teskari oqimni tashkil etadi, ya’ni ular iste’molchidan ishlab chiqaruvchiga yo’naltirilgan bo’ladi. Qolgan funktsiyalar (axborot, muzokaralar olib borish, moliyalashtirish, tavakkalchilikni qabul qilish) har ikki yo’nalishda ham mavjuddir.
    Bir mahsulot ishlab chiqaruvchiga odatda uchta kanal zarur bo’ladi. Ular savdo, transport va servis kanallaridir. Bu funktsiyalar bitta tashkilot tomonidan bajarilishi mumkin. Har bir kanal faoliyati texnologiyalar rivojlanishi bilan takomillashib boradi. Vaqt o’tishi bilan ko’pchilik kompaniyalar sotish kanali sifatida kompьyuterlardan foydalanishadi, xaridor esa eng yaxshi taklifni qidirib topish uchun axborot-kompьyuter xizmatlaridan foydalanishadi. SHuning uchun asosiy masala taqsimot kanallari qancha funktsiyani bajarishida emas, balki bu funktsiyalarning kim tomonidan bajarilishidir. Bu funktsiyalarning barchasiga uchta umumiy xususiyat xos: 1) ular cheklangan resursdan foydalanishadi; 2) ixtisoslashuv hisobiga funktsiyalar yaxshi bajariladi; 3) kanalning turli a’zolari tomonidan bajarilishi mumkin.
    Taqsimot kanallari turli darajalarda bo’ladi. Mahsulotni pirovard iste’molchiga yaqinlashtiruuvchi har bir vositachi taqsimot kanali darajasini tashkil etadi. Iste’mol tovarlarini taqsimlash kanallari uzunligi turlicha bo’ladi. To’rt xil darajadagi taqsimlash kanallarini ko’rsatish mumkin.

    1. Nolinchi darajali kanal (to’g’idan-to’g’ri marketing kanali ham deyiladi) o’z tovarini pirovard iste’molchiga yo’naltirgan kanaldir. Masalan, iste’molchilarni bevosita xonadonlarda tovar bilan tanishtirish, jo’natma savdosi, telemarketing (telefon orqali savdo), televidenie orqali savdo qilish va boshqalar.

    2. Birinchi darajali kanal vositachini o’z ichiga oladi. Masalan, chakana savdo qiluvchi.

    3. Ikkinchi darajali kanalda vositachilar ikkita bo’ladi. Keng iste’mol bozorida odatda ulgurji va chakana sotuvchi harakat qiladi.

    4. Uchinchi darajali kanalda uchta vositachi bo’ladi. Masalan, go’shtni qayta ishlash sanoatida ulgurji va chakana sotuvchi o’rtasida odatda mayda ulgurji sotuvchi harakat qiladi. Mayda ulgurji sotuvchilar yirik ulgurji vositachilardan tovarlarni sotib olishadi va chakana savdoda sotishadi.

    Taqsimot kanalining yanada uzun zanjirlari ham mavjud. Masalan, Yaponiyada oziq-ovqat tovarlari taqsimot kanallarining darajasi oltitagacha bo’lishi mumkin.
    Kanalning biror variantini tanlagandan so’ng firma ayrim vositachilarni tanlashga hamda ularga motivatsiya berishga hamda mazkur vositachilarning keyingi faoliyatini baholashga o’tadi. Ishlab chiqaruvchilar bir-birlaridan ushbu kanalda ishtirok etish uchun vositachilarni jalb qilish imkoniyatlari bilan farqlanadilar. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik firmalar, ko’p hollarda, o’z mahsulotlarini yirik supermarketlar tarmog’i orqali sota olmaydilar. Uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar esa yetarlicha malakaga ega distribьyutorlarni yoki dilerlarni topishga qiynalishadi.
    Vositachilarni doimo rag’batlantirib borish lozim. SHundagina ular o’z vazifalarini sidqidildan bajarishadi. Ishlab chiqaruvchi korxonalar o’z mahsulotlarini vositachilar orqali sotmasligi lozim. Mahsulotlarni vositachilar sotib olishlari kerak.
    Distribьyutorlar uchun ishlab chiqaruvchilar bilan ishlashning uchta varianti mavjud:

    • kooperatsiyalashuv;

    • sherikchilik;

    • taqsimotni rejalashtirish.

    Ishlab chiqaruvchi vaqti-vaqti bilan distribьyutorlar faoliyatini quyidagi ko’rsatkichlar orqali baholab turishlari lozim:
    1) sotish me’yorini bajarish;
    2) zaxiralarning o’rtacha darajasi;
    3) xaridorga tovarni yetkazib berish vaqti;
    4) buzilgan va yo’qolgan tovarlarga bo’lgan munosabat;
    5) tovarlarni tashish va xodimlarni o’qitish bo’yicha dasturlarda ishtirok etish.
    Marketing faoliyati jarayonida sotish muammosi yangi tovarni ishlab chiqarish bosqichidayoq hal qilinadi. SHuning uchun sotish siyosati marketing faoliyatining tashkiliy shakllari va uslublarini tanlashni ko’zda tutadi. Sotish siyosatini ishlab chiqish va asoslash aniq tovarlar va tovarlar guruhiga nisbatan quyidagi masalalarni hal qilishni ko’zda tutadi:

    • maqsadli bozor yoki uning bo’g’inini tanlash;

    • sotish tizimini tanlash va kerakli moliyaviy xarajatlarni belgilash;

    • sotish kanali va uslublarini tanlash;

    • bozorga chiqish tartibini tanlash;

    • bozorga chiqish vaqtini tanlash;

    • tovar harakati va tovarni iste’molchiga yetkazib berish xarajatlarini belgilash;

    • sotishni rag’batlantirish shakllari va uslublari va buning uchun zarur xarajatlarni belgilash.

    Sotish tizimini tanlash va kerakli moliyaviy xarajatlarni aniqlash korxona tarkibida ham ichki va ham tashqi bozorlarda bevosita mahsulotlarni sotish bilan mashg’ul bo’linmalar bo’lishini taqozo etadi. Sotish tizimi quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin:

    • sotishning shaxsiy tizimi;

    • o’z mamlakati va uning tashqarisidagi kichik korxonalar va filiallar;

    • firma vakillari;

    • xorijdagi va o’z mamlakatidagi dilerlar;

    • hamkorlikdagi sotish faoliyati;

    • boshqa firmalarning sotish mexanizmi.

    Sotish kanallari va uslublarini tanlash to’laligicha tovar turiga bog’liq. Sotishning muhim kanallari savdo firmalaridan iborat: ulgurji va chakana savdo, eksport, vositachi, konsignatsion hamda agentlik, brokerlik firmalari, vositachilik bozorlari, birjalar, kim oshdi savdolari va shu kabilar.
    Vositachini tanlashda quyidagi masalalarni o’rganish kerak bo’ladi:

    • rahbar tomonidan vositachiga taqdim qilinadigan xizmatlarning hajmi;

    • ishlab chiqaruvchi savdo markasiga vositachining munosabati;

    • vositachi yordamida sotishni ko’paytirish imkoniyati;

    • vositachini qo’llab-quvvatlash uchun kerakli xarajatlar

    • vositachining mijozlarga nisbatan joylashuvi;

    • vositachining rag’batlantirish bo’yicha tadbirlarda ishtiroki;

    • vositachining moliyaviy ahvoli;

    • vositachilik firmasining boshqarish shakllari;

    • vositachi tomonidan amalga oshirilayotgan reklama faoliyatining hajmi va unga haq to’lash shartlari;

    • vositachining raqobatchi faoliyatiga munosabati;

    • vositachi tomonidan bozor haqida taqdim qilinadigan axborotlar hajmi.

    Sotish kanallari va uslublarini tanlashda dastavval har bir kanalning ahamiyati, ularning samaradorligi, muomala xarajatlari miqdori, ombor va boshqa xizmat ko’rsatish inshootlarining joylashish tizimlari, narxini tashkil qilish xususiyatlari aniqlanadi. Maqsadli bozorga chiqish vaqtini tanlash ko’proq iste’molchilarning firma maqsadli bozordan xarid qilmoqchi bo’lgan tovarga talab va ehtiyoji darajasini baholashga bog’liq. Bunda bozor holati va uning rivojlanish tendentsiyalarini to’g’ri baholash hamda xaridorning yangi tovarni qabul qilishga tayyorligi va tovarning raqobat qobiliyati darajasi muhim ahamiyatga ega.
    Tovar harakati va tovarni iste’molchiga yetkazib berish xarajatlari tizimini aniqlash, tovarning xaridorga eng qulay tovar harakatida bo’lishini ko’zda tutadi. “Tovar harakati” atamasi “tovarning jismoniy taqsimlanishi”ni anglatadi, firmaning boshqaruv faoliyatida undan foydalanadi va u transport, omborxona, sug’urta operatsiyalari va ular bilan bog’liq hujjatlarni rasmiylashtirishga kompleks yondashishni nazarda tutadi. Tovar harakati tizimini tanlash tovar harakati xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va faoliyat sharoitlari, maqsadli bozordagi aniq iste’molchiga yetkazib berish muddatlarini aniqlashda muhim hisoblanadi. Bunda quyidagi vazifalarni bajaruvchi logistik tizmini yaratish maqsadga muvofiqdir:

    • sotishni rag’batlantirish shakllari va uslublarini asoslash. Buning uchun kerakli xarajatlarni va eng samarali vositalarni aniqlash lozim. Bu vositalarga eng avvalo quyidagilarni kiritish kerak: reklama faoliyati; tovar belgisidan foydalanish va sotilgan mahsulotlarga texnik xizmat ko’rsatish;

    • sotish strategiyasini aniqlash, ya’ni rejalashtirish, qaror qabul qilish va yakuniy maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan harakatlar bilan bog’liq barcha tadbirlarni belgilash;

    • sotish strategiyasi bu qaror qabul qilish jarayonidir. Hozirgi zamon menejmenti nuqtai nazaridan strategiya belgilovchi, rejalashtiruvchi va ijrochi bosqichlariga bo’linadi;

    • sotish strategiyasi sotish taktikasidan farqlanadi: taktika ijro etish sohasida yotadi, sotish taktikasi deganda puxta o’ylangan, hisoblab chiqilgan maqsadli sotishni tushunish kerak. Sotish strategiyasi esa nazariya emas, balki amaliyotda qo’llanilishi lozim bo’lgan vositadir. Sotish strategiyasi sohasidagi qarorlarga kiruvchi sotish yo’llarini tanlash katta ahamiyatga ega.

    Sotish strategiyasiga quyidagi omillar ta’sir etadi: 1) bozorning holati; 2) mijozlar; 3) xizmat ko’rsatuvchi xodimlar; 4) hajmlar; 5) narx-navolar; 6) mijozlar bilan birinchi aloqani o’rnatish tartibi.
    Sotish jarayonidagi qarama-qarshiliklarni qo’yidagi holatlardan kelib chiqib hal etish lozim:

    1. mijozlarga hech qanday qistov o’tkazmaslik;

    2. qulay muhit yaratish;

    3. faqat boshqalar vositasida ta’sir qilish, to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilishni to’xtatish;

    4. xabardor qilish, tazyiq o’tkazmaslik, bitimni saqlash.

    Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish faoliyati marketing rejasi bilan o’zaro uzviy bog’langan bo’lish kerak. SHuning uchun, xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko’ra, ko’pgina kichik va o’rta kompaniyalarda sotish bo’yicha boshqaruvchi o’z amaliy faoliyatida marketing bo’yicha boshqaruvchi hisoblanadi. SHunday tashkiliy tuzilma maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki unda sotish faoliyati korxonaning marketing va boshqa xo’jalik xizmatlari bilan o’zaro chuqur integratsiyalashuvi va yaqin jipslashib ketishi sodir bo’ladi.
    Tashkilotlar rahbarlari marketing faoliyatida bevosita ishtirok etmasa ham, marketing kontseptsiyasini o’zlashtirishlari kerak.
    Marketing kontseptsiyasi bozorda korxonaning umumiy yutuqlarini ta’minlash nuqtai nazaridan uning barcha faoliyati sohalarida qarorlar qabul qilishini ko’zda tutadi va bu tashkiliy, boshqaruv hamda sotish ishlarining xar hil turlarida o’z aksini topishi kerak. SHuning bilan birga, marketing korxonaning barcha yo’nalishlardagi faoliyatining ehtiyojlarini aniqlash, ularni ishlab chiqarish jarayonida hisobga olish, mahsulotlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga harakatini rag’batlantirishga asoslangan barcha turlarini birlashtiruvchi va integratsiyalovchi o’ziga xos “majmua” bo’ladi.
    Korxonaning bozor iqtisodiyoti talablariga yo’naltirilgan faoliyati xarakteri bozor xususiyatlariga bog’liq. Korxonaning ilmiy-texnik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, xaridorlar ehtiyojlarini qondirish yetkazib beruvchi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’proq bog’liq bo’ladi.
    Marketing bo’yicha mutaxassislar aniq xaridorlar guruhlari yoki bozor segmentlarining xarid qilish sabablarini aniqlashlari va sotuvchilarga kerakli axborotlarni taqdim qilishlari kerak. Tashqi muhitning ta’siri navbatdagi muhim omil bo’ladi, chunki har bir korxona o’z faoliyatini aniq iqtisodiy vaziyat doirasida amalga oshiradi va tabiiyki, uning ta’sirini hamda mustaqil sohalar bilan bog’liq muammolarni, ya’ni jahon iqtisodiyoti (savdo shartlari, sotish harajatlari, valyuta turlari va hokazo), milliy iqtisodiyot (davriy yuksalishlar va pasayishlar, hukumat siyosati va hokazo), iste’mol bozori (masalan, elektr enegiyasi, gaz, ko’mir, mazutda ishlaydigan markaziy isitish tizimida raqobatni tashkil qiladi), sotish bozori (masalan, markaziy isitish tizimi uchun boshqa qozon ishlab chiqaruvchilarning raqobati) bilan bog’liq muammolarni hal qilish zarurligini sezadi. SHuning uchun marketing rejasini ishlab chiqish va sotish faoliyatini rejalashtirishda ushbu to’rt sohaning korxona faoliyatiga “ta’sir ko’rsatish samarasi” ni hisobga olish juda muhimdir.
    Marketing va sotishda nazorat qilinmaydigan tashqi omillar: iste’molchi yoki foydalanuvchining odatlari va xizmatlari; raqobat; savdo an’analarini, davlat tomonidan nazorati; texnologik, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy, huquqiy va boshqa omillar ta’sirini hisobga olish zarur.



    Download 225 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 225 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxona darajasida taqsimlash logistikasining maqsadi, funktsiyalari, vazifalari va kanallari

    Download 225 Kb.