|
Test va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash ko’rsatkichlari
|
bet | 2/7 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 191,91 Kb. | | #124340 |
Bog'liq 13-семинар машгулотиTest va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash ko’rsatkichlari. Pedagogik test bilimlarni o‘lchashning eng to‘g‘ri vositasidir. Pedagogik testning bosh afzalliklaridan biri – bu o‘quvchi bilimini nazorat qilish va baholashda xolislikni ta’minlash imkoniyatining yaratilganligidir.
Test (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J. Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk(1874-1949) tomonidan ishlab chiqildi.
CH.Grin (1926) o‘zining «Тест нового типа» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi [13].
test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;
mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo‘li bilan aniqlash;
o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;
test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va mantiqqan muvofiqligini tekshirish;
topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l quymaslik.
Pedagogik test o‘tkazishning uchta o‘zaro bog‘liq sifat mezonlari ajratiladi va shu mezonlarga ko‘ra tekshiriladi. Bular ishonchlilik, validlik va xolislik
Testning ishonchliligi–diagnostik o‘lchovlarning aniqligini, shuningdek, test natijalarining begona tasodifiy omillar ta’siriga nisbatan barqarorligini aks ettiruvchi mezon. Pedagogik testning ishonchliligi uni tayyorgarlik darajasi bir-birga yaqin bo‘lgan tinglovchilarning turli guruhlarida qo‘llashda taxminan bir xil natijalar olishga imkon berishidir.
|
| |