|
13-seminar mashg’uloti mavzu: talabalar bilimini nazorat qilish usullari maqsad: Talabalar bilimini baholashning o’g’zaki metodlarining avzallaik va kamchiliklarini tushuntiring
|
bet | 4/7 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 191,91 Kb. | | #124340 |
Bog'liq 13-семинар машгулоти7.Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarida borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat’iy talab emas. Chunki, axborotlashgan ta’lim tizimi sharoitida zamonaviy kompyuter test tizimida o‘quvchiga navbatdagi test topshirig‘i, avvalgisini qanday yechganiga qarab beriladi. Ya’ni avvalgi savolga noto‘g‘ri javobdan so‘ng, unga nisbatan murakkab bo‘lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.
8. Qat’iy belgilangan vaqt. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o‘ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo‘lmasligi lozim. Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo‘yicha 65 sekund, til va adabiyot bo‘yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi ma’lum bo‘lgan.
9.Ixchamlik Test topshiriqlarining matni cho‘zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi lozim. Murakkab ko‘lami o‘quv savolini o‘zlashtirishni aniqlash zarur bo‘lgan hollarda, uni bir qancha ichcham test topshiriqlariga bo‘lib tuzilgani ma’qul.
10.Til ravonligi, aniqligi, bir ma’noliligi. Test topshiriqlarida ko‘p ma’nolilik va noaniqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. AQShda test topshiriqlarini tuzuvchilar guruxiga muayyan bir o‘quv fani bo‘yicha tajribali pedagog va ruxshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an’anaga aylangan.
11.Murakkablik me’yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan samarali bo‘lishi uchun, ular tushnarsiz axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-ochiq ayon bo‘lmasligi lozim. Natijasi yarimga teng (R(0,5) bo‘lgan test topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik ko‘rmagan o‘quvchini aniqlashni osonlashtiradi. Test topshiriqlari o‘quv dasturini to‘liq o‘rgangan o‘quvchilarning 50 foizi bajara olishi mumkin bo‘lgan darajada tayyorlanadi, ma’lum bir yo‘nalishdagi testlar uchun 50 foizlik natija yaxshi ko‘rsatkichdir, maqsadga muvofiqi 85 foiz ko‘rsatkich hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
13-seminar mashg’uloti mavzu: talabalar bilimini nazorat qilish usullari maqsad: Talabalar bilimini baholashning o’g’zaki metodlarining avzallaik va kamchiliklarini tushuntiring
|