• Ochiq turdagi testlar
  • To‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarning mavjud bo‘lmasligi




    Download 191,91 Kb.
    bet5/7
    Sana20.12.2023
    Hajmi191,91 Kb.
    #124340
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    13-семинар машгулоти

    12.To‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarning mavjud bo‘lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo‘lsin, degan maqsadda to‘g‘ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. O‘quvchilar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi. Bunga aslo yo‘l qo‘ymaslik lozim.
    13.Variantivlik. O‘quv materialidagi ma’lum bir mavzuni o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari yoki murakkablik darajasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan, lekin bitta o‘quv materialiga tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o‘quv maqsadiga erishish yo‘lida topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (variant testlar). Shu bois kompyuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda kompyuter navbatdagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko‘ra tanlaydi.
    14. Shaklan va mazmunan bog‘liqlik. Bu talab falsafadan, uning qoidalarini san’at asarlarini o‘rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, haqiqiy san’at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg‘un bo‘lishi lozim. Test topshiriqlarini yuqoridagi didaktik talablar asosida tuzish, o‘qituvchilarning test tuzish nazariyasi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab qiladi

    Ochiq turdagi testlar. Berilgan savolga talaba erkin javob bera oladigan bo‘lsa, test topshirig‘i ochiq shaklga ega bo‘ladi.
    Misol. 1.Nima uchun pedagogik va axborot texnologiyalarini integratsiyalash kerak?___________________________________________
    Yopiq turdagi testlar. Test topshiriqlari sifatida berilgan savol, topshiriqqa turli variantlardagi javoblarni nazarda tutuvchi test
    Muqobil (mantiqiy) test. Bunday testlarda javoblarning bir-biriga qarama-qarshi ikki varianti («ha» – «yo‘q», «to‘g‘ri» – «noto‘g‘ri» va h.k.) mavjudligi nazarda tutiladi.
    Misol. 2. Internetdan foydalanish uchun modem kerakmi?
    a) Ha b) Yo‘q To‘g‘ri javob: a)
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 191,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarning mavjud bo‘lmasligi

    Download 191,91 Kb.