• Chastota
  • Analog signallar (uzluksiz to'lqinlar)




    Download 418,74 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana20.12.2023
    Hajmi418,74 Kb.
    #125363
    1   2   3
    Bog'liq
    Labaratoriya-14

    Analog signallar (uzluksiz to'lqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan 
    vositalari: telefon, radio va televideniya analogli signallar bilan ishlashga 
    mo'jallangan. Analog signal tashuvchi to'lqin deb ataluvchi uzluksiz elektrlik 
    signallardan tashkil topgan to'lqindan iborat. Analogli tashuvchi to'lqinlarning ikki 
    asosiy ko'rsatkichi chastota va amplitudadan iborat: 
    Chastota –to'lqin tebranishlarning vaqt birligida (sekund) necha marta to'liq 
    takrorlanishini bildiruvchi son. 
    Amplituda – berilgan vaqt oralig'ida to'lqinning maksimal balandligi.
    Analogli signal deb - analog signal amplitudasining maksimal va minimal 
    oralig'da cheksiz qiymatlar sonini qabul qilinishga aytiladi. 
     


     
    1-rasm Analogli signal 
    Raqamli signallar. 
    Raqamli (diskret) signallar. Raqamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi 
    (bor-yo'q) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi 
    ma’lumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik implusning borligi 1, yo'qligi 0 bilan 
    ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning o'rtalarida Samuel Morze 
    tomonidan joriy qilingan edi.
    2-rasm. Raqamli signallar
    Kompyuterda hosil qilingan ma’lumotni uzatish uchun raqamli signallardan 
    foydalanish ham tez, ham qulay va aniq bo'ladi. Ammo hozir ham ko'pgina aloqa 
    qurilmalari (telefon, telegraf, radio, televideniya) analog signallar bilan ishlaydi. Bu 
    muammodan qutilish uchun modem zarur. Modem raqamli signali analogli signalga 
    ham (modulyatsiya), analogli signalni raqamli signalga ham (demodulyatsiya) 
    aylantira 
    oluvchi 
    yagona 
    qurilmadir. 
    Modemning asosiy ko'rsatkichi uning ma’lumot almashinish tezligi hisoblanadi. 
    Bu tezlik bod (bit/sek) yoki kbit/sek-larda ulanadi.
    Mikroprosessor texnologiyasida bir soatlik puls odatda bitta atom 
    operatsiyasiga to'g'ri keladi. Arxitektura va o'qitish turiga qarab bitta yo'riqnomani 
    mikroprosessorning bir yoki bir necha taktlarida qayta ishlashi mumkin. Logic 
    Converter asosida qurilishi mumkin.

    Download 418,74 Kb.
    1   2   3




    Download 418,74 Kb.
    Pdf ko'rish