14-ma'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va sinflari




Download 1.25 Mb.
bet10/20
Sana11.09.2022
Hajmi1.25 Mb.
#25801
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
14-ma\'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va si
1-mavzu. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish, 2.1-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili.

Bilimlar bazasida bilimlarni tashkillashtirish. Bilimlarni namoyish etish nuqtai nazaridan tizimning intellektuallilik ko`rsatkichi uning kerakli vaqtda muhim (muhimli) bilimlardan foydalanish qobiliyati hisoblanadi. Muhim bilimlarni aniqlash vositasiga ega bo`lmagan tizimlar «kombinatorli portlash» muammosiga duch kelishadi. Shuni tasdiqlash mumkinki, bu muammo ET larning qo`llanilish chegarasini cheklovchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Bilimlardan foydalanishga imkoniyat yaratish muammosida ushbu uchta holatni ko`rsatish mumkin: bilimlar va ma’lumotlarning bog`liqligi, bilimlardan foydalanishga imkoniyat yaratish mexanizmi va bir-biri bilan taqqoslash usuli [1-4].


Bilimlarning bog`liqligi(agregatsiya) muhim bilimlar yechimini izlashni tezlatishga imkon beruvchi asosiy usullardan hisoblanadi. Ko`pchilik mutaxassislar shu xulosaga kelishdiki, bilimlarni predmet sohasining juda muhim obyektlari(to`plami) atrofida tashkillashtirish lozim. Biror obyektni xarakterlovchi barcha bilimlar bir - biri bilan bog`lanadi va alohida obyekt uchun namoyish etiladi. Bilimlarni shunday tashkillashtirganda, agar tizimga biror obyektlar to`plami haqida ma’lumot kerak bo`lsa, unda u ushbu to`plamni tasvirlovchi muhim obyektni izlaydi, keyin ET obyekt ichidan berilgan to`plamga oid ma’lumotni qidiradi. Obyektlarda elementlar orasidagi bog`lanishlarni ikki tipga ajratish maqsadga muvofiq: tashqi va ichki. Ichki aloqalar elementlarni yagona obyektga jamlaydi va obyektning strukturasini ifodalashga mo`ljallangan. Tashqi aloqalar ekspertiza sohasidagi obyektlar orasida mavjud bo`lgan o`zaro bog`liqlikni aks ettiradi. Ko`pchilik kuzatuvchilar tashqi aloqalarni mantiqiy va assotsiativ tiplarga ajratadilar. Mantiqiy aloqalar bilim elementlari orasidagi semantik munosabatlarni aks ettiradi. Assotsiativ aloqalar muhim bilimlarni izlash jarayonini tezlashtiruvchi o`zaro aloqalarni ta’minlash uchun mo`ljallangan [1-3]. Bilimlarning katta bazasi bilan ishlashda asosiy muammo yechilayotgan masalada muhim bilimlarni izlash muammosi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, qayta ishlanayotgan ma’lumotlarda qiymatlar aniq ko`rsatilgan bo`lmasligi mumkin. Shuning uchun ularni qayta ishlashda to`g`ri imkoniyat yaratish usulidan ko`ra, imkoniyat yaratishning umumiy mexanizmi zarur. Ushbu mexanizmning ma’nosi shundan iboratki, IX da mavjud bo`lgan obyektlar to`plam tasviri bo`yicha ushbu tasvirni qanoatlantiruvchi MBdan obyektni topishi kerak. Ko`rinib turibdiki, bilimlarni tartiblashtirish va strukturalashtirish izlash jarayonini tezlashtirishi mumkin.
Ushbu qarab chiqilgan turli bilimlarni namoyish etish modellarini 2 turda tasniflash mumkin: evristik modellar va mantiqiy modellar. Evristik modellarga expertlar tomonidan shakllantiriladigan modellarni kiritishimiz mumkin, masalan, to`rli modellar, freym modellar, mahsuliy modellar.

Download 1.25 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Download 1.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14-ma'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va sinflari

Download 1.25 Mb.