14-ma'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va sinflari




Download 1.25 Mb.
bet9/20
Sana11.09.2022
Hajmi1.25 Mb.
#25801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
14-ma\'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va si
1-mavzu. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish, 2.1-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili.

Ishchi xotirada bilimlarni tashkillashtirish. ETning ishchi xotirasi (IX) ma’lumotlarni saqlashga mo`ljallangan [1-3]. Ishchi xotirada ma’lumotlar bir xil bo`lishi yoki tiplari bo`yicha darajalarga bo`linishi mumkin. Agar ma’lumotlar ajratilgan bo`lsa, ishchi xotiraning har bir darajasida o`sha tilga mos ma’lumotlar saqlanadi. Darajalarga ajratish ETning strukturasini murakkablashtiradi, lekin tizimning samaradorligini ta’minlaydi. Masalan, rejalar darajasini agendlar darajasi (bajarishga tayyorlangan qoidalarning tartiblangan ro`yxati) va predmet sohasidagi ma’lumotlar darajasi (yechimlar darajasi)ga ajratish mumkin.


Zamonaviy ETlarning IXda ma’lumotlar alohida (izolyatsiyalangan) yoki bog`langan holda qaraladi [1-3]. Birinchi holda IX oddiy elementlar to`plamidan iborat, ikkinchi holda – (IX ning turli darajada) bittadan yoki bir nechta murakkab elementlar (masalan, obyektlar)dan iborat bo`ladi. Bu holda murakkab element bir to`plamga jamlangan oddiy elementlar to`plamiga mos keladi. Nazariy jihatdan bu yondoshuv to`liqlilikni ta’minlaydi, lekin murakkab predmet sohalarda alohida elementlardan foydalanish samaradorlikni yo`qotishga olib keladi.
Oddiy holatda IXning ma’lumotlari o`zgarmas va (yoki) o`zgaruvchilar bo`lib hisoblanadi. Bunda o`zgaruvchilar biror obyektning xarakteristikasidek, o`zgarmaslar ET harakateristikalarining mos qiymati bo`lishi mumkin. Agar IXda joriy muammoli holatni tasvirlovchi turli obyektlarni bir vaqtda tahlil qilish talab etilsa, unda ta’kidlash lozimki, qaralayotgan xarakteristikalar qaysi obyektga tegishli ekanligi aniqlanishi kerak. Ushbu masalani yechish usullaridan biri xarakteristikalarning qaysi obyektga qarashli ekanligini aniq ko`rsatish hisoblanadi.
Agar IX murakkab elementlardan iborat bo`lsa, unda alohida obyektlar orasidagi aloqa aniq ko`rsatiladi, masalan, semantik munosabatlar beriladi. Bunda har bir obyekt o`zining ichki strukturasiga ega bo`lishi lozim. Ta’kidlash lozimki, yechimni tezlashtirish va o`rniga qo`yish uchun ma’lumotlar IXda nafaqat mantiqiy, balki assotsiativ bog`langan bo`lish mumkin.

Download 1.25 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 1.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14-ma'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va sinflari

Download 1.25 Mb.