14-mavzu: xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy standartlarni qo’llash tartibi




Download 8.02 Kb.
Sana23.02.2024
Hajmi8.02 Kb.
#161083
Bog'liq
14-mavzu xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy standartlarni qo’l-fayllar.org
Меҳнат як намуди фаъолиятест, 2-semestr ucun fizika fanidan tajriba ishlari, Kurs ish ABBOS TJMO.doc, kurs1, 9-mavzu O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshir, INGLIZ, JAMOANI SHAKILLANTIRISH, XTBga taqdimnoma, 6-sin Burchoqdoshlar oilasi, Проект АР КР (1), қўл-ва-оёқ-суяклари, МУСТАКИЛ ТАЪЛИМ БЎЙИЧА КЎРСАТМА, REFERAT, 7, 88 (25)

14-mavzu: xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy standartlarni qo’llash tartibi




14-mavzu: XALQARO, DAVLATLARARO VA MINTAQAVIY 
STANDARTLARNI QO’LLASH TARTIBI 
Global bazorni yaratish, mamlakatning yaratgan alohida o‘ziga xos
rivojlanishi, teng huquqli hamkorlik sharoitlarida mahsulot va
xizmatlarni barcha joylarda erkin ayriboshlash bilan amalga oshirilib
faqat ma’muriy va texnik to‘siqlar bartaraf etish yo‘li bilan amalga
oshirilishi mumkin. Bu maqsadlarga erishish uchun mahsulot va
xizmatlarni o‘zaro tan olinishi va texnikaviy uyg‘unlashgan, savdodagi
to‘siqlarni bartaraf etishini ta’minlovchi mexanizmlardan foydalaniladi.
Yetakchi mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosi
xalqaro hamkorlikda o‘zaro kelishuv asosida mahsulot, jarayon va
xizmatlarga ishlab chiqilgan standartlar bo‘lib hisoblanadi.
Bu masalalarni hal etishda halqaro standartlashtirish tashkiloti
xalqaro standartlarni ishlab chiqish, nashr etish va xalqaro miqyosda
ularni qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish ishlarini amalga
oshirish bilan katta hissa qo‘shadi. Asosiy e’tibor a’zo qo‘mitalar,
standartlarni ishlab chiqish jarayonini uslubiy ta’minlash bo‘yicha
texnikaviy qo‘mitalar ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashtirish
ishlariga qaratilgan.
Xalqaro standartlashtirishga qiziquvchi boshqa xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlik standartlashtiriga taalluqli masalalarni o‘rganish,
yagona bozorni yaratish sifatida rivojlantiriladi.
2002 yilda global bozorni shakllantirish g‘oyasiga muvofiq yangi
birlashmalarni yaratish bo‘yicha haqiqatda ishlarni olib borish tadbirlari
qabul qilindi.
Uchta yirik xalqaro tashkilotlar – Xalqaro elektrotexnik
komissiyasi (inglizcha International Electrotechnical Commission –
IEC), Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (inglizcha, International
Organization for Standardization – ISO) va Xalqaro elektroaloqa ittifoqi
(inglizcha,
International
Telecommunication
Union,
ITU)
bu
tashkilotlarning prezidentlar huzuridagi hamkorlik masalahat guruhlari
1992 yilda yaratilgan qarorni almashtirishga qaror qabul qilishdi.
Standartlashtirish bo‘yicha Butunjahon kengashi uning tarkibi,
faoliyati sohasi, maqsadlari aniqlanib, xususan quyidagi vazifalar
qo‘yildi:
- to‘plangan tajribalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish va
hamkorlik hamda muvofiq siyosat usularidan foydalanish bilan IEC,
ISO va ITU ixtiyoriy kelishilgan xalqaro standartlashtirish taraqqiyoti



ta’minlash va mustahkamlash;


- dunyo miqyosida samarali va iqtisodiy maqsadlarga muvofiq
kelishilgan xalqaro standartlashtirishga amal qilinishini targ‘ibot qilish;
- muvofiqlashtirishning past daraja olishi kerak bo‘lgan qarorlari
olinmagan holatlarda uchta tashkilot hamkorlikda muammoni tezkorlik
bilan hal etadi.
Bundan tashqari Standartlashtirish bo‘yicha butunjahon Kengashi
quyidagillarni bajarishi lozim:
- Butunjahon tashkiloti, iste’molchilar assotsiatsiyasi va boshqa xalqaro
tashkilotlar, hukumat muassalalari, iqtisodiy jamiyatlar, ishlab chiqarish
doirasida uyg‘unlashgan xalqaro standartlar taraqqiy etish siyosati va
strategiyasini ishlab chiqadi;
- muhandis-boshqaruv kadrlarni tayyorlash, shuningdek, ta’lim
muassalari va u bilan shug‘ullanish uchun yo‘nalishlarga muvofiq
standartlashtirish targ‘iboti dasturlarini ishlab chiqish va joriy jish;
- zarurat bo‘lganda, texnikaviy masalalarni hal etishda prezidentlar
huzuridagi hamkorlik masalahat guruhlari faoliyati jo‘natish va ish
sohalarni bo‘lish. ITU bu bilan bog‘liq prezidentlar huzuridagi
hamkorlik masalahat guruhlari yig‘ilishlarida qatnashishga taklif etiladi;
-
o‘zaro qiziqishlarni o‘yg‘otuvchi masalalarni hamda bu
tashkilotlarning javobgarligi sohasida turuvchi muammolarni ko‘rib
chiqish;
- zarurat bo‘lganda, qo‘shilgan sohalarda turuvchi muammolarni hal
etilishini ta’minlovchi maxsus texnik gurug‘larni tuzish.
Shunday qilib, bozorni umumiy rivojlantirish munosabatlarida ISO, IEC
va ITU tashkilotlari Butunjahon savdo tashkiloti bilan hamkorlikda
strategiyalarni amalga oshirib, umumiy maqsadda erkin va odilona
global savdo tizimini shakllantirishga yordam beradi.
BMT YEIK (Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy
komissiyasi) bilan aloqa va axborot texnik vositalari foydalanish
sohasida elektron axborot almashinuvning standart usullarini qo‘llash
bilan sanoat ehtiyoji va provayder xizmatlari qanoatlantirish
maqsadidagi an’anaviy hamkorlik, jumladan, elektron biznes bo‘yicha
qabul qilinayotgan shartlarni qaytarilishini kamaytirish maqsadida va
standartlashtirish masalalariga raqabatchilik va turli xil ta’sirlar xatarini
kamaytirish maqsadida izolangan ISO, IEC, BMT YEIK va ITU
tashkilotlari o‘rtasida elektron biznes masalalari bo‘yicha o‘zaro
tushunish to‘g‘risidagi Memorandum hisobiga mustahkamlandi.
Barcha aytib o‘tilgan tashkilotlar Butunjahon savdo tashkiloti (BST)



qo‘mitasi bilan Savdoda texnik to‘siqlar (STT) bo‘yicha (BST/STT)


STT/BST Kelishuvni bajarish yuzasidan chambarchas hamkorlik
qilishadi.
Umumevropa bozorini yaratish maqsadi quyidagi bir-biriga o‘xshash
yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Yevropa Ittifoqi (YEI) majburiy texnik reglamentlar bo‘lib hisoblangan
Direktiv asosida Yevropa (fransuzcha, Comite' European de
Normalisation
– CEN, Comete' European de Normalisation
ELECtrotechnique – CENELEC va ruschada Yevropeyskim komitetom
po standartizatsii – SEN, Yevropeyskiy komitet po standartizatsii i
elektrotexnike - SENELEK) va milliy standartlar ishlab chiqilmoqda
shuningdek, YEI a’zo mamlakatlari bir vaqtda CEN, CENELEC, IEC va
ISO a’zolari bo‘lib hisoblanib, xalqaro standartlar, hududiy va milliy
standartlarni
uyg‘unlashtirish
jarayoni
parallel
amaliyotga
qo‘lanilmoqda.
Vaholanki, bu tashkilotlarning maqsad va vazifalari bir-biriga mos
tushadi, ammo Yevropa darajasida bozorni nazorat qilish va
tartiblashtirish masalalariga sezilarli katta e’tibor qaratiladi. CEN va
CENELEC ishlab chiqayotgan Yevropa standartlari (EN) va
uyg‘unlashgan standartlar (HB)ning xalqaro standartlardan farqlanishi
o‘xshash obyektga qo‘llaniladigan milliy standartlarni almashtirish va
milliy standartlar fondiga majburiy qo‘shish va aynan shu sohaga
qo‘llashnig mavjudligidir.
EN va HDlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi bir qator ketma-
ketliklardan iborat.
Yangi standartlarni ishlab chiqish tashabbusi Yevropa hamjamiyati
Komissiyasi (YEHK), Yevropa professional tashkilotlari yoki
standartlashtirish bo‘yicha Milliy idoralariga tegishli.



http://fayllar.org
Download 8.02 Kb.




Download 8.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14-mavzu: xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy standartlarni qo’llash tartibi

Download 8.02 Kb.