|
Avtomatlashtirilgan loyihalash ta`minoti
|
bet | 24/27 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 49,31 Kb. | | #136556 |
Bog'liq yak191. Avtomatlashtirilgan loyihalash ta`minoti.
Avtomatlashtirilgan loyihalash ta`minoti.
Operatsion tizimlar haqida umumiy ma‘lumot
Operatsion tizim – hisoblash tizimi (HT)ning hamma resurslaridan eng
samarali foydalanish va u bilan ishlash qulay bo‘lishi uchun mo‘ljallangan tizimli
boshqaruvchi va ishlovchi dasturlar kompleksidir. Hozirgi paytda tezkorligi
sekundiga bir necha million operatsiya bo‘lgan yuqori unumdorli HTlarni faqat OT
yordamida to‘liq yuklash mumkin. HTlarining dasturaviy ta‘minotida operatsion
tizim asosiy o‘rinni egallaydi, chunki u hisoblash jarayonining hammasini
rejalashtiradi va nazorat qiladi. Dasturaviy ta‘minotning istalgan komponenti
albatta OT boshqaruvida ishlaydi.
Dasturlar orasida vaqtni taqsimlash operatsion tizimlari
Real vaqt operatsion tizimlari
Bu operativ tizim umumiy vazifali operativ
tizimdan birinchi navbatda shu bilan farq qiladiki, tizimga kelayotgan informatsiya
albatta berilgan vaqt intervali davomida ishlab bo‘linishi kerak (bu vaqt
intervallarini oshirish mumkin emas). Vazifasi umumiy bo‘lgan OT ishining real
vaqt OT ishidan yana bir farqi shundaki, birinchi OTda foydalanuvchilar
masalalarining oqimi rejalashtirilgan va EHM operatori tomonidan sozlanadi,
ikkinchi OTda esa ishlov berishga so‘rovlar istalgan vaqtda kelishi mumkin.
Shuning uchun real vaqt operativ tizimi ba‘zi qo‘shimcha imkoniyatlarni
ta‘minlashi lozim, masalan doimiy masalalar yaratiladi. Vazifasi umumiy bo‘lgan
OTlarda qo‘shimcha sarflarning salmoqli qismini initsiirlangan etapidagi vaqt sarfi
tashkil qiladi; buni bajarishda OT masala yechilishi bo‘yicha foydalanuvchining
hamma istaklarini aniqlab (tanib) oladi, OXga zarur bo‘lgan dasturni yuklaydi
hamda uni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni ajratadi
Hisoblash tarmoqlari ishini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar
|
| |