|
Mathcad dasturining imkoniyatlari
|
bet | 23/27 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 49,31 Kb. | | #136556 |
Bog'liq yak190. Mathcad dasturining imkoniyatlari
Hozirgi vaqtda kompyuterlarda ilmiy-texnikaviy hisoblashlarni bajarishda
odatdagi dasturlash tillaridan va elektron jadvallaridan emas, balki Mathematica,
MatLab, Maple, Gauss, Reduse, Eureka va boshqa turdagi maxsus matematik
dasturlar keng qo’llanilyapti. Matematik paketlar, ayniqsa Mathcad – yuqorida
sanab o’tilgan ro’yxat ichida eng mashhur paket bo’lib, ilmiy – texnikaviy soha
mutaxassislariga dasturlashning nozik elementlariga e’tibor berilmasdan
(masalan:fortran, C, paskal, BASIC va boshqalar kabi) kompyuterda matematik
modellashtirishni amalga oshirishga katta yordam beradi.
Quyida Mathcad matematik dasturlash muhitida ishlashning yaqqol ajralib
turadigan imkoniyatlarini sanab o’tmoqchimiz: Mathcad muhitida matematik
ifoda, qabul qilingan ko’rinishda ifodalanadi. Masalan, daraja yuqorida, indeks
pastda, integralning yuqori va quyi chegaralari esa an’anaviy joyida turadi.
Mathcad muhitida “dasturlashni” tuzish va ularning bajarilish jarayoni
parallel kechadi. Foydalanuvchi Mathcad – hujjatida yangi ifoda kiritar ekan,
uning qiymatini bira to’la hisoblash va ifodani kiritishda yo’l qo’yilgan
yashiringan xatoliklarni grafigini ko’rish imkoniyati ham mavjud. Mathcad paketi
yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan qurollanganki, ular orqali tashqi
pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishimiz
mumkin.
Mathcad xos bo’lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o’tmoqchimiz:
Chiziqli va chiziqli bo’lmagan algebraic tenglama va sistemalarni yechish; Oddiy
differensial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi va chegaraviy masala)
yechish; Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish; Berilganlarni static
qayta ishlov berish(interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya, approksimatsiya va ko’pgina
boshqa amallar);
Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar);
Funksional bog’liqlikning maksimum va minimumini izlash. Mathcad paketi
matematik va fizik-kimyoviy formulalarga, hamda o’zgarmaslarga asoslangan
yordamchi qo’llanmalar bilan boyitilgan. Mathcad paketida turli sohalar bo’yicha
electron darsliklar yaratish mumkin. Masalan: oddiy differensial tenglamarni
yechish, statistika, termodinamika, boshqaruv nazariyasi, materiallar qarshiligi va
boshqalar bunga misol bo’la oladi.
Foydalanuvchi o’z oldiga qo’yilgan masalani yechish bilan cheklanibgina
qolmay, fizikaviy maslalarni yechishda o’lchovni hisobga olish imkoniyatiga ega.
Bunda foydalanuvchi birliklar sistemasini ham tanlashi mumkin.
Bundan tashqari Mathcad muhitida animatsiya vositasi bilan qurollangan,
bunda tuzilgan modellarni nafaqat static (o’zgarmas), balki dinamik (animatsion
kliplar) holda yaratish mumkin.
Mathcad muhiti belgili matematika elementlari bilan boyitilgan bo’lib,
bunda masalani nafaqat sonli yechish, balki analitik usulda ham yechishga
imkoniyat yaratilgan.
Mathcad muhitidan chiqmagan holda boshqa serverdagi hujjatlarni
ishlatish va Internet tavsiya qiladigan yuqori informatsion texnologiya
imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
|
| |