Hisoblash tarmoqlari ishini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar




Download 49,31 Kb.
bet25/27
Sana13.01.2024
Hajmi49,31 Kb.
#136556
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
yak1

Hisoblash tarmoqlari ishini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan
operatsion tizimlar
Bu OTlar hozirgi paytda unchalik keng tarqalmagan, chunki
hisoblash tarmoqlari o‘zlarining tarkibiga har xil arxitekturali EHMlari kiritilishini
nazarda tutadi va ko‘p hollarda ularning har biri o‘zining vazifasi umumiy bo‘lgan
OT boshqaruvida ishlaydi. OTning hisoblash tarmog‘ida ishlashi ma‘lum
xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Ularning ichida eng asosiysi – hisoblash tarmog‘i
ichida ma‘lumotlarni uzatishni tashkil qilish zaruratidir. Hisoblash tarmog‘i ichida
istalgan informatsiya alohida portsiyalar – ma’lumotlar bloki bilan uzatiladi.
Ma‘lumotlar bloklarini uzatish bo‘yicha OTga qo‘yiladigan asosiy talablarni
quyidagicha ta‘riflash mumkin:
1) ma‘lumotlar bloki tarmoqda ma‘lumot manbai va uning adresati orasida
ikki yo‘nalishda asinxron ravishda va erkin sirkulyatsiya qilinishi kerak;
2) OT ma‘lumotlar bloki tarmoqda bo‘lgan davri davomida uning o‘tishini
nazorat qilib turishi lozim;
3) ma‘lumotlar bloklari hisoblash tarmog‘ida bo‘lganida ularning yo‘qolishi
yoki o‘zgarishining oldini oluvchi dasturaviy va apparat vositalari zarur;
4) OT o‘z ichiga hisoblash tarmog‘ida qaytalangan, yo‘qolgan yoki yanglish
ma‘lumotlar bloklarini qidirib topish mexanizmini kiritishi kerak.
Xizmat informatsiyasi o‘z ichiga masala idenfikatorini, foydalanuvchi
idenfikatorini, ma‘lumotlar blokining tarmoqdan o‘tishi tartibini belgilaydigan
ustuvorlikni, ma‘lumotlar bloki boradigan EHM (yoki terminal) adresini va
sh.k.larni oladi.

Operatsion tizimlar strukturasi va generatsiyasi


Operatsion tizim tushayotgan hamma masalalarga ishlov berish bo‘yicha
ishlarni ratsional rejalashtirishi kerak (EHMga masalalarni kiritish bo‘yicha
tadbirlar kompleksi, ularning xarakteristikalarini bilib olish, hamma kiruvchi
ma‘lumotlar to‘plamlarini tashqi olib yuruvchilarda joylashtirish, kirish va chiqish
navbatlarini tashkil qilish).
Odatda tashqi qurilmalardan biri o‘qigan kirayotgan ma‘lumotlar oqimidagi
masalalar EHM operativ xotirasiga birdaniga o‘tmaydi, balki tashqi xotira
qurilmalarida joylashadi. Paketli ishlov berish rejimlarida masalalar navbatda qator
bo‘lib turishadi (kiruvchi navbat), masalaning navbatdagi o‘rni uning ustuvorligi
bilan belgilanadi. Masalaning navbatdan EHM OXiga o‘tkazilishi avtomatik
ravishda sodir bo‘ladi.
Masalani yechishdan bevosita oldin OT bajaradigan tadbirlar majmuasini
realizatsiya qilishda asosiy e‟tibor masalani yechish uchun zarur bo‘lgan HT
resurslarini (OX jabhasi, zarur bo‘lgan ma‘lumotlar to‘plamlari uchun tashqi olib
yuruvchilar uchun joylar va sh.k.) taqdim qilishga qaratiladi

Download 49,31 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 49,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisoblash tarmoqlari ishini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar

Download 49,31 Kb.