|
15-ma'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar
|
bet | 2/8 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 39,91 Kb. | | #126675 |
Bog'liq 15-ma\'ruza. Stanoklar xaqida umumiy tushunchalar Qo‘l bilan bosh-fayllar.orgAgregat stanoklarning boshqa stanoklardan farqi shundaki, ular namunaviy mexanizmlar va uzellardan tuziladi, shuning uchun ham ularni juda turli-tuman texnologik jarayonlarga moslab yasab olish mumkin. Eng ko‘p tarqalgani korpuslarni kesib ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ishlov berishda korpuslar qimirlamaydi. Agregat stanoklarda parmalash, kesib kengaytirish, rezba ochish, frezalash va boshqa texnologik amallarni bajarish mumkin. Agregat stanoklarning ko‘pgina uzellari o‘zining asosiy vazifasini saqlab qoladi va boshqa detallar zagotovkasiga ishlov berishda ham yaraydi: masalan, kuch beruvchi kallaklar, aylanuvchi stollar, kallakni yo‘naltiruvchilar va h.k. Agregat stanoklardagi detallar ichida normallashtirilganlari 70—80% keladi. Bir xilga keltirilgan uzellar va mexanizmlarning mavjudligi maxsus (original) elementlarni yaratmay turib, turli agregat stanoklarni va avtomat qatorlarni yaratish imkonini beradi. Agregat stanoklar, odatda, boshqa detallar zagotovkasiga ishlov berish uchun qayta sozlanmaydi, shuning uchun ular avtomatlashtirish muammosini, birinchi navbatda oqimli-avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni muhim qilib qo‘yadilar.
Dasturli boshqariladigan stanoklar (DBS). Bunday stanoklarda avtomatlashtirish darajasi yuqori va ularning ishini tezlik bilan o‘zgartirish mumkin. Agar avtomat va yarim avtomatlarda o‘ziga xos dastur eltuvchilar kulachoklar, andozalar yoki tayanchlar bo‘lsa, DBSlarda dastur magnit lenta, perfokarta,magnitli lappak kabi eltuvchilarda kodlangan axborot tarzida saqlanadi va uzatiladi. Har qanday avtomatik boshqaruv tizimi oldindan dasturlashtirilib qo‘yilgan amallar majmuasini bajaradi. DBS ga tegishli qilib aytganda, avvaldan ishlab chiqilgan texnologik jarayonga binoan zagotovkalarni kesib ishlashda avtomat, yarim avtomat, avtomatik qatorlarni boshqaradi. Raqamli dastur bilan boshqarish — stanokning mexanizmlariga beriladigan buyruqlar (dastur) raqamlar ko‘rinishida yozib chiqilishi bilan bog‘liq. Bunday dasturlar EHM larning 3—4-avlodlarigacha davom etib keldi. Eng so‘nggi kompyuterlar uchun tuziladigan dasturlarni raqamlar bilan kodlashga hojat yo‘q, to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘zlar bilan ifodalab ketaverish mumkin, shuning uchun «raqamli dastur» deyishga hojat qolmadi. DBS larning bir xili ko‘p amalli deyiladi, ular kesuvchi asbobni ham avtomatik tarzda almashtiradi. Raqamli dasturli boshqariladigan stanoklar tipik mexatron tizimlar hisoblanadi. Ular metalldan, yog’ochdan, plastmassdan ishlangan mahsulotlarga mexanik ishlov berish uchun ishlatiladi. Harakat modullari ishini dastlab dastur yuklangan stanokning raqamli sistemasi boshqaradi.
|
| |