• Pedagogik yordam texnologiyasi
  • 15-mavzu: Grafik organayzerlar. Reja: Interfaol metodlar mohiyati. Ularni ta’lim jarayonida qo’llash




    Download 38,37 Kb.
    bet8/8
    Sana20.02.2024
    Hajmi38,37 Kb.
    #159442
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    15-mavzu Grafik organayzerlar. Reja Interfaol metodlar mohiyat

    Insonparvarlik tarbiyaviy tizimi- bu boshqa gap. Inson tanlab olish sub`ekti sifatida ishtirok etar ekan, u bu tanlovni o’ziga nisbatan amalga oshirishi ko’zda tutiladi, demak o’zini anglash jarayonisiz, bu tizimni amalga oshirish mumkin emas. SHuning uchun turli insonparvarlik tarbiyaviy tizimlar, hozirgi kunda, aynan mana shu yo’nalishda rivojlanmoqda. Innovatsiya (anglagan holda, umuman yangilikni kiritish sifatida) ishchi (amaliy) tushunchasini eslab, aniq misolda tarbiya tizimini falsafiy jihatdan qarashda, innovatsiya qanday shakllantirishini ko’rsatamiz.
    Shunday qilib pedagogik yordam ishi erkinlik, ijodkorlik, kattalar va bola o’rtasida haqiqiy demokratiya va insonparvarlikda yuzaga keladigan tarbiya, boshqa madaniyatga kiradi. Tarbiya maqsadini pedagogik yordam sifatida, mana shu umuman yangicha tushunish mazmuni bo’yicha tarbiya tizimini falsafiy jihatdan qaralganda, innovatsiya hisoblanadi. U mana shu maqsadga mos yangi tarbiya texnologiyasini ishlab chiqishga olib keladi.
    Masalan, guruhni mikroguruhlarga bo’lish (qiziqishi bo’yicha, qur`a tashlash bo’yicha, etakchilari bo’yicha): hamkorlikdagi faoliyatda o’yin rollarini yaratish usullari; guruhni muhokamada so’zga chiqish tartibi va boshqalar- bularning barchasi tarbiyachilari aniq uslublariga misollar. Lekin ulardan hech biri, qandaydir aniq tarbiyaviy masala bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq emas, shuning uchun mana shu uslublarni turli xil texnologiyalarga kiritish mumkin.
    Mikroguruhlarga ajratish uslubini jamoa bo’lib maqsadni belgilashda ham hamkorlikda rejalashtirish va umumiy ishlarni bajarish texnologiyasida ham qo’llash mumkin va guruhli tahlilni tashkil qilish usuli sifatida ham va muloqot reytingida mashqlar o’tkazish uslubi sifatida ham qo’llash mumkin. SHunga mos ravishda ishlab chiqilayotgan pedagogik yordam texnologiyalari ham ilgari ma`lum bo’lgan uslublar yo’nalishidan iborat bo’lishi mumkin, lekin ma`lum tartibda tuzilgan ularning ketma-ketliklari yangi tarbiya vazifalariga javob bera boshlashi mumkin. Pedagogik yordam texnologiyasi – bu o’sib borayotgan odamning boshqalardan o’zining farqini anglab etishga yordam beruvchi o’zining bo’shligi va o’z kuchini- jismoniy, intellektual, ma`naviy, ijodiy vositalardan foydalanishi tizimidir.
    Bu ta`lim olishda mustaqil va muvafaqqiyatli ilgari borishi, shaxsiy hayot yo’li va hayot mazmunini tanlash uchun zarurdir.
    Ushbu texnologiyani amalga oshirish o’quvchining savolidan boshlanadi: «men kim bo’laman!», «qanday bo’lishim kerak?». Pedagog bilan birgalikda mana shu savollarni muhokama qilish, yana boshqa bir mustaqil savolni ham keltirib chiqaradi: «Qanday yashash kerak?» maxsus tashkil etilgan maslahatlar orqali aynan mana shu o’quvchiga hos bo’lgan individual hayot tarzi, asta-sekin tuziladi, intellektual, emotsional, jismoniy yuklamalar qulay rejimi tanlanadi.
    Bola faoliyatini tuzatish va baholash munosabati: «yaxshi, yomon», «to’g’ri- noto’g’ri», «mumkin- mumkin emas» kabilar ma`lum yoshi bosqichida belgilar xulqi doirasini belgilaydi. Bu uslub o’qituvchi obrusi hali juda kuchli bo’lmagan kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun ancha samarali bo’ladi.
    Pedagogik yordam texnologiyasini amalga oshirish uchun, ya`ni bir uslub ijtimoiy ko’nikmalar kursini maqsadga muvofiq kiritish hisoblanadi. Ushbu kurs etik madaniyat, ijtimoiy munosabatlar, shaharlararo munosabatlar, qaror qabul qilish, o’zini anglash kabi fanlardan iborat bo’lishi mumkin. Ushbu ikki fan- akademik emas balki labaratoriya- amaliy mashg’ulotlar yoki o’zini namoyon etish va o’zaro aloqalar hamda hamkorlik tajribasi uchun jamoani ijodkorlik bo’yicha mashg’ulotlar ko’rinishida qurilishi juda muhim.



    Download 38,37 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 38,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-mavzu: Grafik organayzerlar. Reja: Interfaol metodlar mohiyati. Ularni ta’lim jarayonida qo’llash

    Download 38,37 Kb.