|
17-ma’ruza Mavzu: tarmoq xizmatlari reja
|
bet | 9/13 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #158004 |
Bog'liq 17-ma’ruza Mavzu tarmoq xizmatlari rejauzoq vaqtli ulanish – bitta TSR-ulanishda bir necha obyektlarni uzatish, bunda ulanib turish vaqti veb-xizmatni tarkiblashtirishda aniqlashtiriladi;
qisqa vaqtli ulanish – bitta TSR-ulanishda faqat bitta obyektni uzatish.
Uzoq vaqtli ulanish о‘z navbatida ikki usulda ishlatilishi mumkin:
sо‘rovlarni tо‘xtashlar bilan ketma-ket uzatish – yangi sо‘rov faqat javob olingandan sо‘ngina jо‘natiladi;
konveyerli uzatish – bu ancha samarali usul, unda keyingi sо‘rov oldingi bir yoki bir necha sо‘rovlarga javob kelguncha jо‘natiladi (eslatamiz, sirpanuvchi oyna usuli). Odatda sukut saqlash bо‘yicha parallellik darajasi 5 – 10 darajada о‘rnatiladi, lekin foydalanuvchi mijozni tarkibini tuzish vaqtida bu kо‘rsatgichni о‘zgartirishi mumkin bо‘ladi.
Dinamik veb-sahifalar. Shu vaqtgachan biz nazarda tutgan edikki, sahifadagi ma’lumotlar foydalanuvchining xatti harakati natijasida о‘zgarmaydi deb bilar edik. Foydalanuvchi gipermatnga sichqoncha kо‘rsatgichini qо‘yib bosgan taqdirda u yangi sahifaga о‘tadi, agarda orqaga qaytish buyrug‘ini amalga oshirsa, u holda yana oldingi sahifa о‘zgarmagan holda ekranda hosil bо‘ladi. Bunday sahifalar statik deb ataladi.
Biroq ba’zi xollarda sahifadagi ma’lumotlar foydalanuvchining xatti harakatidan sо‘ng о‘zgarsa juda ham kо‘ngildagidek bо‘lar edi, masalan, sahifaning ma’lum hududiga sichqoncha kо‘rsatgichini tо‘g‘rilab bosilsa u yerda matn о‘rniga rasm paydo bо‘lsa. Axborotlar bazasini holatini dinamik hosil qilish ham statik sahifa masalani hal qila olmaydigan holatga anaʻnaviy misol bо‘la oladi. Masalan, kо‘p Internet magazinlar sotilayotgan mollar bazasini quvvatlaydilar va sotilmay qolgan mollarning sonini chiqarish veb-sahifaning tegishli maydonini dinamik yangilanishini talab etadi.
Ba’zi tashqi shartlarga bog‘liq holda о‘zgaruvchi veb-sahifalardagi axborotlarni ekranga chiqarilishini hosil qila olsalar, bundek veb-sahifalar dinamik deb ataladi.
Sahifalar dinamikasiga ularni dasturlash yо‘li orqali erishiladi, buning uchun odatda ssenariylarni dasturlash tili ishlatiladi: Perl, PHP yoki JavaScript.
Veb-sahifalarni dinamik shaklda yaratish uchun ikki guruh dasturlar mavjud:
mijoz tarafida ishlovchi dasturlar (yani ekranda sahifalarni hosil qiluvchi veb-brauzer joylashgan kompyuterda);
server tomonda ishlovchi dasturlar.
Dastur mijoz tomonida ishlagan holda sahifa kodi veb-server tomonidan veb-brauzerga beriladi, xuddi oddiy statik obyekt kabi, shundan sо‘ng brauzer bu kodga ishlov beradi, uning yordamida sahifadagi axborotlarni dinamik shaklga keltirib ekranga chiqaradi.
Server qism uchun keng tarqalgan ssenariy tili bu – Perl, ASP, JSP va PHP. Yana shuningdek veb-server va dastur о‘rtasida standart dasturiy interfey mavjud, u sahifalar ichidagi axborotni dinamik shakliga keltiradi – bu umumiy shlyuzli interfeys (Common Gateway Interface, CGI).
|
| |