• 1 7 .3-rasm
  • 2. Veb-xizmat
  • Ikki oraliqdagi pochta serverili sxema




    Download 383.64 Kb.
    bet5/13
    Sana07.03.2023
    Hajmi383.64 Kb.
    #44579
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    17-маъруза КТваТ
    Презентация1, 28-Forex-Patterns, Ginekologik onkologiya, Mashina va mexanizmlar haqida tushunchalar, 7 ¬½áßß 1 þÑÔóÑÓÔý ÓÒß߬¿® ´ºÙ¬, 4-topshiriq, Assessment 2 (1), anti, crocadiledocx, 15-amaliy topshiriq, Mavzu amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan is, Animatsion lavhalar yaratish, Ish ishlab chiqarish ergonomikasi-fayllar.org, Hayot faoliyati xavfsizligi
    Ikki oraliqdagi pochta serverili sxema. Amalda ishlatiladigan sxemlarga juda yaqin bо‘lgan yana bitta pochta xizmatini tashkillashtirish sxemasini kо‘rib chiqamiz (17.3-rasm). Bu yerda pochta mijozlari о‘rtasidagi xabarni (bizning rasmda jо‘natuvchi Aziza va qabul qiluvchi Iroda) oraliqdagi ikkita pochta serverlari orqali uzatiladi, ularning har biri о‘z mijozining domeniga xizmat qiladi. Bu serverlarning har biriga SMTP protokolining mijoz qismi ham о‘rnatilgan. Xatni jо‘natishda pochta mijozi Aziza xabarini SMTP protokoli bо‘yicha domen pochta serveriga uzatadi, unga Aziza – RoyalMail.madeira.com. tegishli. Bu xabar ushbu serverda buferlashtiriladi va sо‘ng SMTP protokoli bо‘yicha Irodaning – mail.bim.com. domenining pochta serveriga uzatiladi, u joydan yuqorida bayon qilingan tarizda Irodaning kompyuteriga kelib tushadi.
    Savol tug‘ilishi mumkin, nima uchun ikki server orqali ikki bosqichli uzatish kerak? degan. Birinchi navbatda xabarlarni yetkazib berishni ishonchliligini va moslashuvchanligini oshirish uchun.

    17.3-rasm. Har bir domenda ajratilgan pochta serverlari bor sxema.
    Haqiqatdan, xabarlarni bevosita qabul qiluvchining serveriga uzatish sxemasida pochta serveri buzilish xolatida bо‘lgan taqdirda jо‘natuvchi pochta mijozining о‘zi mustaqil ravishda murakkab holatdan chiqib ketishga urinishi kerak bо‘ladi. Agarda xabarni uzatish jaroyonida yana о‘rtada pochta serveri bо‘lsa, u holda server tomonda buzulishga etiborning turli mantiqiy mexanizmlarini joriy etishga imkon yaratiladi va yana u doim ulangan ish tartibida bо‘ladi. Masalan, qabul qiluvchining pochta serveriga xatni jо‘natib bо‘lmasa, jо‘natuvchi tomon serveri nafaqat bu haqida о‘z mijozini ogohlantirishi mumkin, u yana о‘z xatti xarakatlarini amalga oshirishi mumkin, xatni jо‘natishga yana va yana urishishi, bu urunishlarni yetarli darajada uzoq vaqt takrorlashi mam mumkin.
    2. Veb-xizmat
    World Wide Web (WWW) xizmatini kashf etilishi yoki Dunyo о‘rgimchagini, televideniya, radio va telefonlarning kashf etilishi bilan bir qatorda turadi. WWW sharofati bilan odamlar о‘zlariga kerakli axborotlarga xohishiy о‘ziga qulay vaqtda ega bо‘la oldilar. Endi bir dasta jurnallar ichidan о‘zingizga kerakli maqolani topishdan kо‘ra Internetdan topish ancha qulay va oson bо‘lib qoldi. Axborot bilan ratsional ishlashning juda kо‘p ananaviy usullari juda tez yо‘q bо‘lib ketmoqda, masalan, kerakli axborotlarni yon yozuv daftarchasida, gazeta va jurnallardan kerakli axborotlarni qirqib karton papka ichida saqlash, papkalardagi hujjatlarni katalog shaklida marker yopishtirib kerakli hujjatni topishga oson shaklda tartibga solish. Bu usullar о‘rniga yangi qog‘ozsiz Internet texnologiyasi kirib keldi, ularning ichida eng muhimi WWW tarmoq xizmati yoki veb-xizmat bо‘lib xizmat qiladi. Qayd qilib о‘tishimiz kerakki, WWW nafaqat har qanday odamga kerakli axborotni tez topish va unga ega bо‘lishni ta’minlashdan tashqari unga kо‘p millionli Internet foydalanuvchilar auditoriyasiga о‘zining axborotini xam e’lon qilishga imkon beradi, masalan, о‘z fikrini, adabiy asarini, ilmiy izlanish natijalarini, tezis va maqolalarini va boshqalarni. Aytgancha u buni tashkiliy tashvishlarsiz va deyarli tekinga amalga oshirishi mumkin.
    Biz bu xizmatning imkoniyatlari haqida kо‘p tо‘xtalib о‘tirmaymiz chunki, kо‘pchiligimiz uchun veb-saytlarni doimiy kо‘rish nafaqat odat bо‘lib qolgan, xayot faoliyatimizning zaruriy qismi ham bо‘lib qolgandir.

    Download 383.64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 383.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikki oraliqdagi pochta serverili sxema

    Download 383.64 Kb.