• Poydevor uchun plitalar.
  • Gips asosidagi buyum ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Gips asosidagi mahsulotlar tarkibi bo'yicha quyidagilarga bo'linadi

    Download 186.6 Kb.
    bet2/4
    Sana27.02.2023
    Hajmi186.6 Kb.
    #43667
    1   2   3   4
    Bog'liq
    17-ma\'ruza
    АКТ бўйича саволлар, АКТ бўйича саволлар, АКТ бўйича саволлар, Oz betinshe, LOKAL TARMOQ TURLARI.docx 4.21, 14-seminar mashg\'uloti, NAVRO’Z BAYRAMI TARIXI, M. M. Abralov payvandlash materiallari (1), малака иши, Atoboyev Oybek BMI, Қишлоқ хўжалик машиналари, tarmoq texnologiyalari 4544, kurs ishi namuna, Kurs ishi Shoimov
    Gips asosidagi mahsulotlar tarkibi bo'yicha quyidagilarga bo'linadi.
    - gips qorishmaidan, ba'zida ozgina organik yoki maydalangan mineral zarralar qo'shilgan gips ustida;
    - gipsli ohak yoki betondan tashkil topgan, odatda engil va namlikli zarralar (yonilg'i va yuqori o'choqli pechlar, tuf va pomza chqiqtoshlari);
    - gips-tolali materiallar, ular gips qorishmaidan organik tolali materiallar (somon, qamish, chiqindi qog'oz) bilan aralashtiriladi.
    Poydevor uchun plitalar. Bunday plitalar gips xamiri, gipsli va to‘ldirgichlar qo‘shilgan gips qorishmasi va gipsbetondan tayyorlangan bo‘ladi. Gips plitalar o‘rtacha zichligi qorishma tarkibi va zichlashtirish usuliga bog‘liq bo‘ladi va o‘rtacha 1100-1300 kg/m3 ni tashkil qiladi.

    Gips plitalari 800x400 va 1500x400mm (gipsqamishli) o‘lchamlarda, qalinligi 80-100 mm bo‘ladi. Siqilishdagi mustahkamligi 3-4 MPa, namligi massasi bo‘yicha ko‘pi bilan 8% ni tashkil qiladi.
    Gips asosidagi buyum ishlab chiqarish texnologiyasi
    Gips plitalar ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: gips, to‘ldirgichlar, suv, qotishni sekinlashtiruvchi (yoki tezlashtiruvchi) qo‘shimchalar va plastifikatorlarni dozirovkalash; gipsqorishmasi qorgichda qorishma tayyorlash; buyumni qoliplash va quritish. Gips plitalar quyma, titratish va presslash kabi zichlashtirish usullarida qoliplanadi.
    2-rasmda Karusel mashinasida hosil bo'ladigan bo'lak plitalarini ishlab chiqarishning texnologik sxemasini ko'rsatadi.
    X
    2-rasm. Karusel mashinada pardadevor plitalar ishlab chiqarish texnologik sxemasi 1-elevator; 2-gips uchun bunker; 3-aralashtirgich shnek; 4-qipiq uchun bunker; 5-qotishni tezlatuvchi uchun bunker; 6-gipsqorgich; 7-suv isitkich; 8- karusel mashina; 9-lentali transporter; 10-plita solingan vagonetka; 11- tunnelli quritgich.
    Gips va qipiq (yoki boshqa to‘ldirgichlar) kovshli elevator vositasida bunkerlarga solinadi, so‘ngra dozalanib, aralashtirgich shnekka tushiriladi, qorishma shnekda aralashgach, gips qorishmasi qorgichga yuboriladi, u yerda qorishma suv bilan maromiga yetkuncha aralashtiriladi.

    Tayyorlangan qorishma karusel mashinaga joylashtirilgan qoliplarning bo‘shiga quyiladi, stol bitta pozitsiyaga buriladi va keyingi bo‘sh qolipga qorishma quyiladi, buyumlar qoliplarda qotiriladi. Qoliplardan olingan plitalar maxsus mexanizm yordamida transporterga itarib tushiriladi va buyum olingan vagonetkalar tunnelli quritgichga yuboriladi.
    Gips plitalari kasseta texnologiyasida ham tayyorlanishi mumkin. Bu usulda tayyorlangan gips-qirindi (qipiq) qorishmasi 20 (24) seksiyadan iborat kasseta qoliplariga quyiladi, buyum qotgandan keyin qolipdan yechiladi va mustahkamligini oshirish maqsadida tunnelli quritgichga yuborilishi mumkin.
    Poydevor plitalari jamoat va sanoat binolarida yuk qo‘yiladigan pardadevorlar qurilishida ishlatiladi.
    Pardadevor uchun panellar. Bunday panellar yuqori markali gipsbetondan katta o‘lchamlarda tayyorlanadi. Katta o‘lchamli panellar xona uzunligida, qavat balandligida, eni esa 80-120mm holda tayyorlanadi; xususiy xollarda xonaning bir qismi uchun tayyorlanishi mumkin.

    Sanitariya xonalari uchun 2510x1700 mm o‘lchamdagi gipsbeton panellar ishlab chiqariladi. Gipsbeton panellarning o‘rtacha zichligi 1400- 1500 kg/m3.
    Gipsbeton panellar massasi katta bo‘lib, issiqlik bilan qayta ishlash qiyinchiliklar tug‘diradi. Gipsbeton panellarning massasini kamaytirish maqsadida tarkibiga tolasimon yengil to‘ldirgichlar kiritiladi.
    Gips tolali panellar olishda tolasimon to‘ldirgich sifatida maydalangan qog‘oz makulaturasi, qamish, kanop va g‘o‘zapoya, bug‘doy va guruch poyasi (po‘chog‘i), tekstil sanoati chiqindilari va boshqalar ishlatilishi mumkin. Bunday panellar 3000x1200 mm va 2500x600 mm o‘lchamlarda, qalinligi esa 50 mm qilib ishlab chiqariladi. Ularning o‘rtacha zichligi 800- 1100 kg/m3, siqilishga mustahkamligi 3,5 MPa.

    Gipsbeton panellar odatda prokat usulida ishlab chiqariladi. Prokat usulida buyum doimo harakatlanayotgan lenta orasiga quyiladi, so‘ngra quritish kamerasiga yuboriladi).
    Gipsbeton plita va panellar olishda, binolar ichki pardadevorlarini qurishda ishlatiladi. Ular olovbardosh bo‘lgani uchun metall va yog‘och konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. Gipsbeton plita va panellar sanitariya xonalari qurilishida ishlatilsa, suv o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar va plitkalar bilan qoplanishi kerak.

    Prokat usulida gipsbeton panellar ishlab chiqarish texnologik sxemasi
    1-prokat agregati; 2-qorishma qorgich; 3, 4,5-gips, qum, qipiq bunkerlari; 6-dozator-ta’minlagich; 7-etkazuvchi rolgang; 8-kantovatel(suruvchi zix).
    Qurilish maydonlariga panellar maxsus treller-pritsepli avtomashinalarda tashiladi, montaj qilinguncha kassetalarda yog‘in-sochindan himoyalangan holda saqlanadi.
    Qurilish maydonlariga panellar maxsus treller-pritsepli avtomashinalarda tashiladi, montaj qilinguncha kassetalarda yog‘in-sochindan himoyalangan holda saqlanadi.
    Pol asoslari uchun ishlatiladigan panellar bog‘lovchisi tarkibida gipsdan tashqari sement va putssolan qo‘shimchalar bo‘ladi. Gipssementputssolanli panellar xona devori o‘lchamlarida, 50-60 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Panel mustahkamligini oshirish maqsadida yog‘och karkas bilan armaturalanadi. Panellar xonaning bir qismini qoplaydigan o‘lchamlarda ham ishlab chiqarilishi mumkin. Ularning o‘rtacha zichligi 1300 kg/m3 gacha, siqilishdagi mustahkamligi kamida 7 MPa bo‘lishi kerak.
    Gipssementputssolan bog‘lovchi asosida tayyorlangan plita va panellar sanitariya-texnika kabinalari, ventilyatsiya kommunikatsiyalari, hamda bir qavatli turar joy binolari tashqi devorlari qurilishida ishlatiladi.
    Gipsli qoplama listlar Gips asosidagi quruq suvoq ikki tomoni kartondan iborat o‘rtasiga yupqa gips quyilgan list bo‘lib, yaxlit holda yuqori mustahkamlikka ega bo‘ladi. Gipskarton listda egilishdagi yuqori mustahkamlikni ikki tomondagi karton ta’minlaydi. O‘rta qismiga quyiladigan gips qorishmasi qo‘shimchasiz va mineral yoki organik moddalar qo‘shilgan bo‘ladi. Gips tarkibiga tolasimon organik qo‘shimchalar kiritilishi egilishdagi mustahkamligini oshiradi.

    Gipskarton listlar uzunligi 250, 270, 290 va 330 sm, eni 120 va 130 sm, qalinligi 10-12mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Ular yuqori zichlikka, issiqlik va tovush izolyatsiyasi xususiyatga ega bo‘ladi, oson kesiladi, arralanadi, mix qoqiladi. Oddiy gipskarton listlar havo namligi 60% gacha bo‘lgan xonalar devorlarini, shiplarni qoplashda ishlatiladi. Namga chidamli maxsus karton asosida tayyorlangan listlar namligi yuqori bo‘lgan xonalar va sanitariya-texnika xonalari devorlarini qoplashda ishlatilishi mumkin. Gipskarton listlar turli maqsadlar uchun o‘ng yuzasi gulqog‘ozlar, polivinilxlorid pardalar bilan yog‘och yoki marmar teksturasida bezatilgan holda ishlab chiqariladi.
    Quruq suvoq listlarni ishlatish qurilish ob’ektlarida bezak ishlarni tezlatadi va bunday ishlarni barcha mavsumlarda olib borish imkonini yaratadi. Listlar olovbardosh bo‘lgani uchun yonadigan buyum va konstruksiyalarni himoyalashda ishlatilishi mumkin.

    Gipskarton listlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bo‘lgani uchun va karton tannarxi yuqori bo‘lgani sababli gipsli listlarni organik tolasimon qo‘shimchalar qo‘shib tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
    Ularni tayyorlashda organik tolasimon materiallar sifatida maydalangan yog‘och, qog‘oz makulaturasi, kanop va boshqa o‘simlik tolalari massa bo‘yicha 10% gacha qo‘shiladi. Bu xildagi listlarni tayyorlash texnologiyasi nisbatan soddaroq, tannarxi esa arzon bo‘ladi.
    Keyingi yillarda bino va inshootlarni qayta qurish va ta’mirlashda gipskarton listlarni (GKL) ishlatish kengaymoqda. Zarurat bo‘lganda, mavsum talab etadigan xo‘l suvoq qorishmalari o‘rniga GKL larni ishlatish ta’mirlash texnologiyasi va tezligini butkul o‘zgartirdi.

    GKL lar birinchi marta 1935-1936 yil Moskva shahri qurilishida ishlatilib, 1950 yilda davom ettirilgan. Hozirgi kunda MDX da Germaniyaning “Knauf” firmasi GKL qurilish tizimida keng tarqalgandir. Knauf GKL ishlatishga qulay va ekologik toza bo‘lib, ta’mirlash tadbirlarida mavsum tanlamaydi va oson montaj qilinadi.

    Download 186.6 Kb.
    1   2   3   4

    Download 186.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa

    Gips asosidagi mahsulotlar tarkibi bo'yicha quyidagilarga bo'linadi

    Download 186.6 Kb.