|
Bitiruv malakaviy ishi
|
bet | 1/28 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,58 Mb. | | #258326 |
Bog'liq BMI RakhimovAlijonFinal2024 (3)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Himoyaga ruxsat berildi”
“KT’ kafedra mudiri:
Raximov M.F
“____”_________ 2024 yil.
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu: Ko‘p yadroli protsessorlarda tasvirlarga Threading Building Blocks (TBB) vositasi yordamida parallel ishlov beruvchi dastur ishlab chiqish
Bitiruvchi _________ Rаximov A.A
(imzo) (F.I.O.)
Rahbar __________ Atadjanova N.S
(imzo) (F.I.O.)
Taqrizchi__________ Xushvaqtov S.X
(imzo) (F.I.O.)
HFX maslahatchisi ________ Saidova G.A
(imzo) (F.I.O.)
TOSHKENT – 2024
MUNDАRIJА
|
KIRISH………………………………………………………................
|
3
|
|
I BОB
|
KO‘P YADROLI PROTSESSORLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA..........................................................................................
|
6
|
|
1.1.
|
Kompyuter arxitekturasi............................................................................
|
6
|
|
1.2.
|
Ko‘pyadroli protsessorlar.........................................................................
|
15
|
|
1.3.
|
Zamonaviy protsessorlar...........................................................................
|
27
|
|
II BОB
|
PARALLEL ISHLOV BERISH TIZIMLARIGA KIRISH................
|
33
|
|
2.1.
|
CPUda parallel va ketma -ket interfeyslar.................................................
|
33
|
|
2.2.
|
Parallel ishlov beruvchi kutubxonalar.......................................................
|
34
|
|
2.3.
|
Threading Building Blocks (TBB) kutubxonasi va uning imkoniyatlari ……..……….......................................................................
|
40
|
|
III BОB
|
DASTURIY TA’MINOTNING YARATILISH BOSQICHLARI.......
|
43
|
|
3.1.
|
Tasvirlarni parallel qayta ishlash algoritmlari............................................
|
43
|
|
3.2.
|
Dasturiy ta’minotning yaratilish bosqichlari..............................................
|
45
|
|
IV BОB
|
HАYОT FАОLIYАTI ХАVFSIZLIGI…………………..…….….......
|
60
|
|
4.1.
|
Xavfsizlik muammolari ............................................................................
|
60
|
|
4.2.
|
Favqulodda holatlar sodir bo‘lish ehtimolligini oldindan bilish va bilish baholash.....................................................................................................
|
74
|
|
|
ХULОSА…………………………………………………………...........
|
82
|
|
|
FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RО’YXАTI…………...........
|
83
|
|
|
ILOVA......................................................................................................
|
84
|
|
KIRISH
Hozirgi kundа yurtimizdа аxborot tеxnologiyаlаrini rivojlаntirish vа modеrnizаtsiyаlаsh, ulаrni dunyo stаndаrtlаrigа yеtkаzish vа shu аsosidа “Globаl аxborotlаshgаn jаmiyаt” sаri dаdil borish mаqsаdidа kеng ko‘lаmli ishlаr olib borilmoqdа. Аxborot-kommunikаtsiyа tеxnologiyаlаri nеgizidа аxborotlаshtirilgаn jаmiyаt bаrpo еtish O‘zbеkiston iqtisodiy vа ijtimoiy siyosаtining muhim yo‘nаlishlаridаn birigа аylаndi desak ham bo‘ladi. Zаmonаviy аxborot-tеxnologiyаlаrini rivojlаntirish, ijtimoiy sohаlаrdа ishlаb chiqаrish vа yаnаdа rivojlаnish mаmlаkаtimiz hаyotigа kiritish vа yаnаdа rivojlаnish sаmаrаdorligini oshirish kаbi аsosiy muammolarni yеchishgа qаrаtilgаn rеspublikа hukumаtining kеng ko‘lаmli hаrаkаt fаoliyаtining ustuvor mаqsаd vа vаzifаlаridаn biridir. Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Mavzuning dolzarbligi. Ko‘p yadroli protsessorlar g‘oyasi bir yadroli protsessor tezligini oshirishda jismoniy cheklovlar tufayli paydo bo‘ldi. 2000-yillarning boshida Intel va AMD kabi chip ishlab chiqaruvchilari bir nechta ishlov berish yadrolarini bitta chipga birlashtira boshladilar. Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari o‘z dasturlarini bir nechta yadrolardan foydalanish uchun optimallashtirgani sayin, ko‘p yadroli protsessorlar keng tarqaldi. Bugungi kunda ko‘p yadroli protsessorlar smartfonlardan tortib serverlargacha bo‘lgan ko‘pgina hisoblash qurilmalarida standart bo‘lib, video tahrirlash, o‘yinlar va ilmiy simulyatsiyalar kabi parallellashtiriladigan vazifalar uchun yanada samarali yaxshilangan ishlash imkonini beradi. Parallel ishlov beruvchi kutubxonalar esa ko‘p yadroli protsessorlarini ishlash samaradorligini ancha oshirdi va optimallashtirdi. Natijada, so‘nggi yillarda dasturchilar ko‘p yadroli protsessorlarini ishlash jarayonini tezlashtirishda parallel ishlov beruvchi kutubxonalardan foydalanishmoqda. Jumladan, tasvirlarga ishlov berishda Threading Building Blocks (TBB) kutubxonasidan foydalangan holda filtrlash, konvolyutsiya, o‘zgartirish va tasvirning alohida piksellari yoki hududlariga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan boshqa operatsiyalar kabi vazifalarni parallellashtirish uchun ishlatilmoqda. Ko‘p yadroli protsessorlar yuqori ishlash, samaradorlik va ko‘p vazifani bajarish imkoniyatlarini taklif qilish orqali bir yadroli protsessorlarning cheklovlarini hal qilib, hisoblash texnologiyasida sezilarli sakrashni anglatadi. Ular yuqori hisoblash quvvatini talab qiluvchi zamonaviy ilovalar uchun zarur bo‘lib, iste’molchi va korporativ hisoblashning asosiga aylandi. Ko‘p yadroli protsessorlar zamonaviy hisoblashning muhim tarkibiy qismiga aylandi va bir yadroli o‘tmishdoshlariga nisbatan sezilarli afzalliklarni taqdim etdi. Ularning ahamiyatini bir nechta asosiy omillar - parallel ishlov berish, multithreading, energiya samaradorligi, kengaytirilgan multitasking va boshqa asosiy omillar bilan bog‘lash mumkin. Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining obyekti tasvirni qayta ishlaydigan va uni ishlash samaradorligini oshiradigan dasturiy vosita hisoblanadi. Predmetga esa ushbu dasturiy vositani yaratishdagi, tasvirlarni qayta ishlashdagi metod va vositalar. Bitiruv malakaviy ishi maqsadi: Bitiruv malakaviy ishining maqsadi ko‘p yadroli protsessorlarda tasvirlarga parallel ishlov beruvchi dastur ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishi vazifalari: Bitiruv malakaviy ishining vazifasi dasturiy vosita yordamida tasvirlarga ishlov berishda parallellashtirilishi mumkin bo‘lgan vazifalarni tezlashtirish, tasvirlarni filtrlash va tasvirlarning o‘lchamini o‘zgartirishdan iborat. Shuningdek, konvolyutsiya operatsiyalari(tasvirni xiralashtirish, aniqlashtirish) ham asosiy vazifalaridan biridir. Bitiruv malakaviy ishi tuzilmasi tasnifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, to‘rtta asosiy boblar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan tashkil topgandir. Kirish qismda, mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti haqida ma`lumotlar keltirilgan. Birinchi bobda bitiruv malakaviy ishi davomida ko‘p yadroli protsessorlar va kompyuter arxitekturasi haqida ma`lumotlar keltirib o‘tilgan. Ikkinchi bob esa CPUda interfeyslar va ularning bir-biridan farqlari, parallel ishlov beruvchi kutuxonalar va ular orasidagi tafovutlariga bag‘ishlanadi. Uchinchi bob ko‘p yadroli protssesorlarda parallel ishlov beruvchi kutubxonalardan Threading Building Blocks (TBB), shuningdek OpenCV kutubxonasi va tasvirlarni qayta ishlash algoritmlari asosida ishlov berish jarayoni muhitda ko‘rsatib o‘tilgan. To‘rtinchi bobda asosan hayot faoliyati xavfsizligi, xavfsizlik tushunchalari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Shuningdek hayot faoliyati xavfsizligida xavfsizlik muammolari va favqulodda holatlar sodir bo‘lish ehtimolligini oldindan bilish va baholash haqida gapirib o‘tilgan. Oxirgi qismdan esa xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilova joy olgan.
I BOB. KO‘P YADROLI PROTSESSORLAR
|
| |