Tasviriy san’at fanidan Davlat ta’lim standarti
O’quvchilar tasviriy san’at faniga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shart:
- tasviriy san’atning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish;
- tasviriy, amaliy-bezak san’ati, me’morlik san’atida ishlatiladigan asosiy atama va tushunchalarni hamda ularning ma’nosini bilish;
- miniatyura san’ati haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish;
- tasviriy san’atning nazariy asoslarini bilish va ularga amaliy tasviriy faoliyatda rioya qila olish;
- tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, siluet, rang, ritm, simmetriya, assimetriya, kompozitsiya)ni bilish va ularni amalda qo’llay olish;
- tasviriy san’atning asosiy tur va janrlarini bilish;
- o’zbek xalq amaliy bezak san’atining turlari va uning mashhur ustalari va ularning asarlarini bilish;
- tasviriy san’atda ijod qiluvchi eng mashhur o’zbek va chet el rassomlarining hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish;
- O’zbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur me’morchilik obidalarini bilish;
- 15-20 rang nomlarini bilish va ularni amaliy faoliyatda to’g’ri qo’llay olish;
- tasviriy va amaliy san’at asarlarini badiiy idrok eta olish;
- badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish;
- qush, hayvon, odamni asliga qarab rasmi va haykalini tasvirlay olish;
- tasviriy faoliyatda turli material va uslublardan foydalana olish;
- afsonaviy mavzularda rasm va haykallar ishlaganda ularni fantaziya asosida tasvirlay olish;
- tasvirlar ishlaganda o’zbek san’atining milliy badiiy an’analarida maqsadga muvofiq foydalana olish;
- tasviriy faoliyat jarayonida texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qila olish.
|