II. O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan
zaruriy talablar
1 – sinf
Borliqni idrok etish:
- tabiat va uning go’zalligi, fasllarning o’ziga xosligi;
- yil fasllari (kuz, qish, bahor va yoz) va ularning o’ziga xos holatlari (yomg’ir, qor, shamol, tong, oqshom, shafaq)ning ko’rinishida rang tuslarining ahamiyati;
- har bir faslda o’ziga xos go’zallikni anglash va idrok etish;
- tasviriy san’at asarlarida shu kabi holatlarni taqqoslash va unga nisbatan estetik munosabat bildirish.
Naturaga qarab tasvirlash:
- tasviriy san’at darslarida qo’llaniladigan o’quv qurollari (qalam, rangli qalamlar, moybo’yoqlar, haykaltaroshlik steklari)dan foydalanish, ular yordamida tasviriy vositalar, turli ko’rinishdagi chiziq (shtrix)lar, rang dog’lari va qoplamalar (barg, gul, daraxt, bulut va shu kabi tasvirlar)ni hosil qilish;
- naturaning holati, buyumlarning tuzilishi va nisbatlari.
|