O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Vaqtni hisobga olmagan holda 25, 50 metr suzishni bilish.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
-
Ba`zi tana mushaklar guruhini rivojlantirish uchun maxsus 6-8 ta mashqlarni mustaqil bajarish.
-
Bir oyoqda navbatma-navbat o`tirib turish ("To`pponcha"), o`g`il bolalar 8-10 marta, qiz bolalar 6-8 marta.
8-SINF
Jismoniy tarbiya 68 soat
(haftasiga 2 soat)
GIMNASTIKA
Nazariy ma`lumotlar:
1. Sog`lom turmush tarzining ahamiyati.
2. Davolash va tuzatish gimnastikasining ta`siri.
3. Shikastlanganda birinchi tibbiy yordam.
4. Ertalabki gimnastika mashqlarining majmuasini mustaqil tuzish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
Mashqlarni buyumli va buyumsiz bajarish.
Buyumsiz mashqlarni harakat qilish raqslari bilan bajarish: "Do`stlik valsi", "Ritmik gimnastika mashqlari", "Hayot" va boshqa raqslarni bajarish.
Buyumlar bilan mashqlar: gimnastik narvonda mashqlar bajarish, juft bo`lib mashqlar bajarish (arg`amchi, to`plar, gimnastik tayoqcha, gantellar, gardishlar bilan bajarish).
AKROBATIKA
1. Oldinga o`mbaloq oshish. Bir necha ketma-ket orqaga o`mbaloq oshish.
O`qituvchining yordami bilan cho`qqayib tayanish holatidan qo`llarda tik turish holatiga otish bilan orqaga o`mbaloq oshish.
2. Uzoqqa o`mbaloq oshish: oldinga o`mbaloq oshish, to`ldirma to`p ustidan oldinga o`mbaloq oshish. 40-60 sm balandlikdagi to`siq ustidan yugurib kelib o`mbaloq oshish.
3. Bosh va qo`llarda tayanib tik turish (o`g`il bolalar uchun).
4. Cho`qqayib tayanishdan ikki oyoq bilan depsinib, qo`llarga tik turish (yordam bilan).
|