Osilish va tayanishlar.
Past turnikda osilib turish holatidan kuch bilan ko`tarilib, tayanchga ko`tarilish. Turnikda o`ng oyoqda minib, tayanib o`tirishdan orqaga tushish bilan o`ng oyoq tizza ostida osilishga o`tish. Gimnastika narvonida osilgan holatda to`g`ri oyoqlarni ko`tarib tushirish (burchak hosil qilish).
O`g`il bolalar:
1. Qo`shpoyada qo`llarda tayanib tebranishdan oldinga va orqaga siltanish va yonga sakrab tushish.
2. Tayanishda qo`llarni bukish va yozish.
Qizlar:
1. Baland qo`shpoyada osilib tebranishdan oldinga sakrab tushishni o`rganish.
2. Gimnastik narvonda osilish holatidan 90° burchakka oyoqlarni ko`tarib tushirish. Qo`shpoyaning yuqori poyasida osilgan holatda bukilib, yozilish bilan tebranishlar. Qo`shpoyaning yuqori poyasiga osilib, pastki poyasida cho`qqaygan holatdan, bir oyoq bilan depsinib, ikkinchi oyoqda siltanish bilan kerishib osilish. Pastki poyada tayanib minishdan, orqadagi oyoqni oldinga oshirish bilan 90°ga burilib sakrab tushish.
Gimnastik o`rindiqda tayanib yotish holatida, qo`llarni bukib yozish.
|