|
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi
|
bet | 79/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va uning istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligini tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish.
Ishlab chiqarish asoslari: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlarini, O`zbekiston xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini, texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi, mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlarni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbolini, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlarini, mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishini bilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslashni bilish.
|
| |