• Biologik o‘lim
  • 1–ma’ruza. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri




    Download 1,45 Mb.
    bet3/7
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #261996
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    elektr tokining inson organizmiga fiziologik tasiri (1)

    Klinik o‘lim holati


    Bu hayot bilan o‘lim orasidagi ma’lum oraliq bo‘lib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bo‘lmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz
    bo‘ladi, og‘riq sezmaydi, ko‘z qorachug‘i kengaygan va sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay
    yorug‘likni so‘nmagan,
    hujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishga etarli bo‘ladi, buning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo‘qotgan organizmning bazi bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bor.
    🠶 Klinik o‘lim Holati 6-8 min davom etadi. Hech qanday yordam bo‘lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig‘idagi hujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologik o‘lim holatiga o‘tadi.

    Biologik o‘lim


    Qaytarib
    bo‘lmaydigan
    jarayon bo‘lib,
    organizmdagi biologik jarayonlar
    butunlay to‘xtashi
    bilan xarakterlanadi, shuningdek organizmdagi oqsil
    strukturalari parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi.
    🠶 Tokning inson organizmiga
    ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy
    omillardan biri insonga tok ta’sirining davomiyligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko‘p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek tokning turi va chastotasi katta rol o‘ynaydi.
    🠶 Inson organizmining tok ta’siriga malum qarshiligi, shuningdek tokning kuchlanishi ma’lum ta’sir darajasini belgilaydi, chunki inson organizmining qarshiligi o‘zgarmagan holda, kuchlanish ko‘payishi natijasida organizmdan oqib o‘tgan tok miqdori oshib ketadi.
    🠶 Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshililari yig‘indisi sifatida olinadi.
    🠶 Teri, asosan quruq va o‘lik hujayralarning qattiq qatlamlaridan tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson organizmining qarshiligini ifodalaydi.
    🠶 Organizmning ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2000 dan 20000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo‘lgan holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40 - 500 Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu qarshilik inson ichki organlari qarshiligiga teng hisoblanadi. Aytilganlarni hisobga olgan holda umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om qabul qilingan.
    🠶 Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori uning asoratini belgilaydi, ya’ni oqib o‘tgan tok qancha katta bo‘lsa, uning asorati ham shuncha katta bo‘ladi.
    🠶 Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6-1,5 mA oqib o‘tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.
    🠶Agar inson organizmidan oqib o‘tgan tokning miqdori 10-15 mA ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi, ya’ni elektr toki bo‘lgan simni ushlab turgan bo‘lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir ko‘rsatayotgan elektr simini olib tashlayolmaydi. Bunday tok chegara miqdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi.
    🠶Agar tok miqdori 25 - 50 mA ga etsa, unda tok ta’siri ko‘krak qafasiga ta’sir ko‘rsatadi buning natijasida nafas olish qiyinlashadi.
    🠶Agar tok ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida o‘lish mumkin.
    🠶Ta’sir qiluvchi tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo‘lsa, bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash ritmi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o‘limga olib keladi.
    🠶 Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning davomiyliligi ham alohida ahamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok o‘tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda yig‘ila borishi natijasida asorat og‘irlasha boradi.
    🠶 Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Eng zararli tok 20-100 Gs atrofidagi elektr toki hisoblanadi. CHastotasi 20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta’sir darajasi keskin kamayadi. Katta chastotadan elektr toklarida tok urish bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
    🠶 Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, 0,5 sek davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdori 300 mA gacha ortadi.

    Download 1,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1–ma’ruza. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri

    Download 1,45 Mb.