|
ta’mirlash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajarishda ushbu Qoidaga rioya qilish
|
bet | 6/7 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 1,45 Mb. | | #261996 |
Bog'liq elektr tokining inson organizmiga fiziologik tasiri (1)ta’mirlash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajarishda ushbu Qoidaga rioya qilish zarur. 🠶 Ushbu Qoidaga binoan ekspluatatsiya qilinayotgan elektr uskunalarida ish bajarish uchun ixtisoslashgan va boshqa qurilish-montaj tashkilotlari xodimlariga ishlashga ijozat berishda ushbu Qoida talablari bajarilishi kerak. 🠶 Ushbu Qoidaga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni faqat uni tasdiqlagan tashkilot kiritishi mumkin. 🠶 Ushbu Qoidaga muvofiq ish jarayonida foydalaniladigan himoya vositalari Davlat yagona nusxasi talablariga hamda «Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidasi» ga javob berishi shart.
🠶 Ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, kompressor va havo yig‘uvchi qurilmalar, asbob va moslamalar sinalgan bo‘lishi va mehnat xavfsizligi yagona nusxasi talablariga, O‘zbekistan Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi obektlari
qoidalari»-ga shuningdek ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomasi talablariga
qoidalariga va «Asbob va moslamalar yordami bilan ish bajarishda xavfsizlik
muvofiq
ishlatilishi kerak.
🠶 Ishlab turgan elektr uskunalarida qurilish va montaj ishlarini bajarayotganda qurilish me’yori va Qoidalari talablariga, ya’ni «Qurilishda texnika xavfsizligi» qoidasiga rioya qilish shart.
🠶 Qoida hamma uchun majburiydir. Ishchi va xizmatchilar mehnatini muhofaza qilish yo‘riqnomasi ushbu Qoidaga muvofiqlashtirilishi kerak.
🠶 Har bir xodim Qoida talablariga zid bo‘lgan chekinish yoki Qoida talabini bajarmaslikni va elektr uskunalaridagi inson hayoti uchun xavf tug‘diruvchi nosozlikni, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashina, mexanizm, asbob, moslama va himoya vositalaridagi buzilishni bartaraf etish chorasini quraolmasa, zudlik bilan yuqori rahbariyatga bu haqida xabar berishi shart.
🠶 Ushbu Qoidaga zid keladigan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man qilinadi
IV. Xodimlarga talablar.
🠶 Joylarda ishlab turgan xodimlarni o‘qitish va bilimini tekshirish tartibi «Energetika korxonalari va tashkilotlari xodimlari bilan ishni tashkil etish bo‘yicha rahbariy qoida» talablariga mos bo‘lmog‘i shart.
🠶 Sog‘liq uchun zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ish olib boruvchi ishchi va muhandis-texnik xodimlar Respublika sog‘liqni saqlash Vazirligi belgilagan tartib va muddatda shifokorlar ko‘rigidan o‘tishlari shart, (1,2-ilova).
🠶 Elektr uskunasida ishlayotgan ishchi uzining lavozimi va kasbiga qarab, ushbu Qoidani bilishi va 3-ilova-ga muvofiq elektr xavfsizligi gruppasiga ega bo‘lishi kerak. Qoidani o‘zlashtirganligi haqida sinovdan o‘tgan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Xodim guvohnomani ish paytida o‘zi bilan olib yurishi shart.
|
| |