• Bevosita ishlovchi EYOP lari
  • Vakuum yoy pechlari
  • Bilvosita Ishlovchi Elektr Yoy Pechlari
  • Yoy payvandlashning turlari




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/17
    Sana16.06.2022
    Hajmi0.69 Mb.
    #23847
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    2 (5)
    2 (6), 2 5217981610728628342, 2 5217776972716843836, Metrologiya 3, METROLOGIYA, KURS ISHI UKTAMOV X, Elektr tarmoqlari va tizimlari.2014
     
    Yoy payvandlashning turlari.  
    Elektr yoy pechlari (EYOP) metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatning boshqa 
    jabhalarida qo‘llaniladilar. Ular quyidagi turlarga bo‘linadilar: 
    1. Bilvosita ishlovchi EYOP lari - ularda elektr yoyi issiqlik ishlovi berilayotgan 
    (eritilayotgan) metall ustida joylashgan elektrodlar o‘rtasida hosil qilinadi va bunda elektr yoyi 
    va metall o‘rtasidagi issiqlik almashuvi - nurli issiqlik almashuvi usuli orqali amalga oshiriladi. 
    2. Bevosita ishlovchi EYOP lari - ularda elektr yoyi elektrodlar uchi bilan metall 
    o‘rtasida yonadi va bunda yoydagi issiqlik metallga nurli issiqlik almashuvi, konveksiya va 
    issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatiladi.
    3. Qarshilik elektr yoy pechlari - bunday pechlarda yoy elektr o‘tkazuvchan shixta 
    qatlami ostida yonadi, bunda issiqlik qisman yoy razryadida va qisman shixta orqali tok oqib 
    o‘tishi oqibatida eritilayotgan materialda ajralib chiqadi va pech xajmiga uzatilayotgan issiqlik-
    issiqlik o‘tkazuvchanlik, nurli issiqlik almashuvi va qisman konveksiya usullarida amalga 
    oshiriladi. 
    4. Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuq metall 
    vannasi o‘rtasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi). 
    5. Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda 
    metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi 
    yordamida amalga oshiriladi. 
    Bilvosita Ishlovchi Elektr Yoy Pechlari 
    Bir fazali bilvosita EYOP larning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1- ichki qismi 
    yuqori haroratlarga (o‘tga) chidamli material bilan futerovkalangan gorizontal vanna; 2-
    gorizontal vannaning qarama - qarshi devorlariga o‘rnatilgan elektrodlar. Elektrodlar sarf bo‘lib 
    borishi
    mobaynida maxsus mexanizm yordamida bir-biriga qarab siljitib boriladi; 3 – eritilayotgan 
    material. Ushbu material vannaga pech korpusi 5 ning yon darchasi orqali yuklanadi; 4 - elektr 
    yoyi. 

    Download 0.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish